Sadikova Dilofruz Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1673. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Farsaxonova Dilafruz Rizaxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida  bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy sifatlari auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda innovatsion, individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalarini didaktik maqsadlar identiv xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy sifatlari ularning kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentligini oshirishga qaratilgan faol va passiv amaliyotni tashkil etish uzluksizligi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning muhim kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik modeli sanogen tafakkurning motivatsion-refleksiv va operatsion ko‘nikmalarini real vaziyatlarga moslashuvchanlik imitatsiyasiga uyg‘unlashtirish asosida  takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi ta’limning universal, muqobil va variativ ta’lim muhitini yaratish hamda assinxron imkoniyatiga moslashgan mustaqil ta’lim elementlarini tashqi va ichki ta’sirlar korreksiyasiga integratsiyalash asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar: 
talabalarning kasbiy sifatlari auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda innovatsion, individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalarini didaktik maqsadlar identiv xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universititida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha 2-bobi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 dekabrdagi 02-07-4066/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy sifatlarini rivojlantirishning amaldagi holati, pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish, kasbiy faoliyatiga oid bilimlarini rivojlantirish samaradorligini ta’minlash imkoniyati ortgan; 
talabalarning kasbiy muhim sifatlari ularning kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentligini oshirishga qaratilgan faol va passiv amaliyotni tashkil etish uzluksizligi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan XT-ID-1-002 raqamli “O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” nomli innovatsion loyiha 2-bobi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 dekabrdagi 02-07-4066/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy sifatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash modeli optimallashtirilgan; 
talabalarning muhim kasbiy sifatlarini rivojlantirish pedagogik modeli innovatsion ta’lim texnologiyalari, sanogen tafakkurning motivatsion, refleksiv va operatsion ko‘nikmalarining real vaziyatlarga moslashuvchanlik imitatsiyasini yaratish asosida  takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universititida bajarilgan  PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha 2-bobi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 dekabrdagi 02-07-4066/04-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion ta’lim texnologiyalari imkoniyatlari vositasida talabalar kasbiy sifatlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
talabalarda kasbiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi ta’limning universallik, muqobillik va variativlik shakllarini interfaol ta’lim muhitini yaratish hamda assinxron imkoniyatiga moslashgan mustaqil ta’lim elementlarini tashqi va ichki ta’sirlar korreksiyasiga   integratsiyalash asosida  takomillashtirishga doir tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan XT-ID-1-002 raqamli XT-ID-1-002 raqamli “O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” nomli innovatsion loyiha 2-bobi doirasida belgilangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 dekabrdagi 02-07-4066/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish mexanizmi mezonlari takomillashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish