Adashulloeva Gulnoza Muxaybinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tojik va o‘zbek tillarida shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologizmlarning qiyosiy-tipologik tahlili». 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fil373
Ilmiy rahbar: Choriev Tavakkal Ravshanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Tug‘ral Sirojovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Muxtorali Turdialievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tojik vao‘zbek tillarining frazeologiya sathidagi o‘zaro ta’sirini aniqlash, tojik va o‘zbek tillaridagi shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologik birliklarning grammatik va semantik tavsifini amalga oshirish asoslarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tojik va o‘zbek tillari o‘rtasidagi lug‘aviy hamda frazeologik interferensiyada frazeologik birliklar shaklining murakkabligi va davomiyligi, semantikaning butunligi, strukturasining o‘zgarmasligi kabi farqli belgilari ochib berilgan;
tojik va o‘zbek tillarining frazeologik sathidagi komponent o‘zaro ta’siri, bir-biriga yaqinligi, struktur-grammatik farqlari qiyosiy-tipologik va nazariy jihatdan asoslab berilgan;
tojik va o‘zbek tillaridagi shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologik birliklarning struktural-grammatik, sinonimik, antonimik, variantdoshlik, omonimik xususiyatlari lingvostilistik va lingvopragmatik planda yoritib berilgan;
tojik va o‘zbek tillaridagi badiiy matnda shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologik birliklardan foydalanish usullari hamda bunday frazeologik birliklarni tarjima qilishning kommunikativ-pragmatik asoslari ochib berilgan;
shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologik birliklarni tarjima qilishdagi grammatik va semantik nuqsonlari aniqlanib, ularni bartaraf etishning lingvostilistik, lingvofrazeologik va leksik-semantik yo‘llari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tojik va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarni chog‘ishtirgan holda tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot davomida ilmiy asoslangan shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologizmlarni tojik va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyoslash, ularning semantik xususiyatlari hamda badiiy nutqda qo‘llanishi, milliy o‘ziga xoslikning tarjimada aks etish jarayonidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashda F-1-06-raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analarining sintezi” (2012-2016 yy.) fundamental ilmiy loyihasining “Adabiy an’analar, tarjima va adabiy ta’sir masalalari” qismini to‘ldirishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 27 noyabrdagi FTA-02.11/1190-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida ikki tilga xos frazeologik birliklar ma’nolari o‘rtasidagi o‘xshash va tafovutli tomonlar aniqlangan, ularning shaxs xususiyatini ifodalovchi ma’nolari aniqlashtirilgan, izohlari mukammallashtirilgan;
tadqiqotda ilmiy asoslangan frazeologik birliklardan badiiy nutqda foydalanishning milliy o‘ziga xosligi va uning tarjimada aks ettirish yo‘llarida OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” (2008-2011yy.) fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 fevraldagi 89-03-786-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanishi natijasida tojik va o‘zbek tillaridagi shaxs tavsifli frazeologik birliklarning o‘zaro yaqin, o‘xshash va farqli milliy jihatlari aniqlanib, ularni tarjimada berish muammolari echimi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali tomonidan 2017 yilda efirga uzatilgan “Ranginkamon” turkumidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologik birliklarning tilning estetik vazifasini kuchaytirish hamda badiiy uslubni boyitishdagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha erishilgan natijalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanali DUKning 2017 yil 21 dekabrdagi 02-12-2136-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi ko‘rsatuvlarning qiziqarli va ommabop bo‘lishini ta’minlashga yordam bergan.