Abdullaev Abduqayum Abdulxaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.3.PhD/Ped532.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining kognitiv, tayyorlov hamda natijaviy fazalariga ustuvorlik berish asosida jismoniy tarbiyalanishning operatsion, refleksiv va motivatsion ko‘nikmalari hamda yo‘naltiruvchi, mazmunli va jarayonli sog‘lom xulq-atvorga oid komponentlari aniqlashtirilgan;
xalq o‘yinlari orqali o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning funksional modeli pedagogik faoliyatning kognitiv, aksiologik va refleksiv komponentlari taksonomiyasini mavjud ta’lim sharoitiga implementatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasi va jismoniy faoliyatga oid maxsus kurs metodikasini keys, assisment va interfaol mashqlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni aniq maqsadga yo‘naltirilgan va motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli, natijaviy-refleksiv komponentlari o‘rtasida o‘zaro ichki integratsiyani ta’minlash asosida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning refleksiv texnologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar:
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni, jismoniy tarbiyalanishning operatsion, refleksiv va motivatsion ko‘nikmalari hamda yo‘naltiruvchi, mazmunli va jarayonli sog‘lom xulq-atvorga oid komponentlari, xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan. Ro‘yxatga olish raqami 356/7-128). Natijada, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashqari ishlari jarayoni dasturlari mazmuni takomillashgan;
xalq o‘yinlari orqali o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning funksional modeli, xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini takomillashtirishga qaratilgan refleksiv texnologiyalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining YoA-1-6 raqamli “Jismoniy madaniyatni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” amaliy loyihasida (2016-2017 yy) va T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITIning ITD-1-19 raqamli “Badiiy estetik ta’limning yangi mazmunini shakllantirishning didaktik asoslari (oliy musiqiy va maktabdan tashqari ta’lim misolida)” ilmiy loyihasi (2017-2018 yy.)ni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 10 dekabrdagi 01-07-06-3139-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va didaktik asoslardan foydalanish jarayoni kuchaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni aniq maqsadga yo‘naltirilgan va motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli, natijaviy-refleksiv komponentlari, xalq o‘yinlari vositasida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalar “Harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan. Ro‘yxatga olish raqami 356/7-128). Natijada, darslikning nazariy va metodologik asoslari xalq o‘yinlarini jismoniy tarbiya ta’limi mazmuniga singdirish orqali takomillashgan.