Valieva Nozimaxon Xusanboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P272.
Ilmiy rahbar: Ilxamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Shermatov Fayzullo Toshtillaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda o‘z imkoniyatlarini muvofiq baholashga o‘rgatish orqali topshiriqlarni bajarishda his-tuyg‘ularning ahamiyatini anglash (kognitiv-emotsional) va tashabbus ko‘rsatish (shaxsiy-kreativ) xususiyatlarini rivojlantirilganligi sababli uning reproduktiv faoliyatini produktiv ijodkorlik faoliyat darajasiga o‘sib o‘tishiga olib kelganligi aniqlangan;
bolalarning qiziquvchanligi va intiluvchanligiga ko‘ra ijodkorlik qobiliyatini kuchaytirish orqali ijodiy tafakkurning aniqlik va emotsionallik xususiyatlarini rivojlantirganligi qizlarda tasviriy san’at, musiqiy, badiiy, artistik hamda o‘g‘il bolalarda liderlik, akademik, texnik qobiliyatlarini muvaffaqiyatli shakllanishining jinsga ko‘ra farqlari dalillangan;
ota-onalar va o‘qituvchilarning bolalarga ishonchli, do‘stona, xatolariga sabr bilan munosabatda bo‘lishlari orqali hamkorlikda ishlash muhitini yaratganliklari sababli bolalarda o‘zini emotsional-ijodiy namoyon etishi tajribasini shakllantirish natijasida ularda insayt va sinektika xususiyatlari rivojlanishi aniqlangan;
bolalarda ijodkorlikni rivoijlantirish uchun predmet, narsa va hodisalarning originallik xossalarini aniqlashga o‘rgatish orqali vizual tasavvurlarni kuchaytirish hisobida relevantlik xususiyatlaridan foydalanish ko‘nikmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
bolalarda o‘z imkoniyatlarini muvofiq baholashga o‘rgatish orqali topshiriqlarni bajarishda his-tuyg‘ularning ahamiyatini anglash (kognitiv-emotsional) va tashabbus ko‘rsatish (shaxsiy-kreativ) xususiyatlarini rivojlantirilganligi sababli uning reproduktiv faoliyatini produktiv ijodkorlik faoliyat darajasiga o‘sib o‘tishiga olib kelganligi aniqlanganlik bo‘yicha olingan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining P-M-18-son buyrug‘i asosida “Rivojlanish psixologiyasi” moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 apreldagi P-M-18 B-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik omillari va xususiyatlari bo‘yicha kasbiy kompetensiyalari samaradorligi oshirilishiga erishilgan;
bolalarning qiziquvchanligi va intiluvchanligiga ko‘ra ijodkorlik qobiliyatini kuchaytirish orqali ijodiy tafakkurning aniqlikva emotsionallik xususiyatlarini rivojlantirganligi qizlarda tasviriy san’at, musiqiy, badiiy, artistik hamda o‘g‘il bolalarda liderlik, akademik, texnik qobiliyatlarini muvaffaqiyatli shakllanishining jinsga ko‘ra farqlari dalillanganligi bo‘yicha olingan natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining P-M-18-son buyrug‘i asosida “Ijodiyot psixologiyasi” moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 apreldagi P-M-18B-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni ijodiyot psixologiyasi yo‘nalishida o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
ota-onalar va o‘qituvchilarning bolalarga ishonchli, do‘stona, xatolariga sabr bilan munosabatda bo‘lishlari orqali hamkorlikda ishlash muhitini yaratganliklari sababli bolalarda o‘zini emotsional-ijodiy namoyon etishi tajribasini shakllantirish natijasida ularda insayt va sinektika xususiyatlari rivojlanishi aniqlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining P-M-18-son buyrug‘i asosida “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 apreldagi P-M-18B-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda ijodkorlik qobiliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar shakllantirilgan.
bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish uchun predmet, narsa va hodisalarning originallik xossalarini aniqlashga o‘rgatish orqali vizual tasavvurlarni kuchaytirish hisobida relevantlik xususiyatlaridan foydalanish ko‘nikmasi takomillashtirilganligi haqidagi ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining P-M-18-son buyrug‘i asosida “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya” moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 apreldagi P-M-18B-son ma’lumotnomasi). Natijalar bolalar bilan ishlovchi psixolog-mutaxassislarda amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qilgan.