Muxtarov Otabek Shuxratjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarni turli axborot xurujlaridan himoya qilishning ijtimoiy-psixologik usullari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/P31.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori; Majidov Nabijon Maxmudovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarni turli axborot xurujlaridan himoya qilishning ijtimoiy-psixologik usullarini aniqlash orqali psixodiagnostika va psixokorreksiya tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning axborotlar bilan ishlash faolligini kompensator va relaksatsiya usullarini qo‘llashga o‘rgatish orqali axborotlarni saralash xususiyatining rivojlantirishga ko‘ra ichki psixologik diskomfortni pasayishiga (axborotlar bilan ishlashdan xavotirlanish, qo‘rquv,), ijtimoiy ustanovkalar (jamiyatdagi ijtimoiy xulq-atovorga xayriholik)ning kuchaytirish natijasida «xavflar devolvatsiyasi»ga erishilganligi aniqlangan;
o‘quvchilarda turli elektron manbalardan axborotlarni tanlashga o‘rgatish orqali ularning ijtimoiy va kasbiy qiymatga ega bo‘lgan axborotlarni to‘g‘ri va samarali saralash imkoniyatlarini kuchaytirilganligi sababli axborot manbalaridagi xavf-xatarlarni tahlil etish va himoyani loyihalash ko‘nikmalarini takomillashtirilganligi isbotlangan;
ta’lim muhitida «Internet imitatsiyasi»ni tatbiq etish orqali Internet axborot resurslarini madaniy, axloqiy, gumanistik xarakterdagi ma’lumotlar bilan tanishtirish asosida ta’limning tarbiyaviy funksiyasini amalga oshirish hisobida xavfsizlik, ehtiyotkorlik va hushyorlikni shakllantirish natijasida yoshlarning viktimlikka va tobelikka moyillikdan himoyalanishi ta’minlangan;
axloqiy va madaniy-qadriyatli tamoyillar asosida axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini kuchaytirilishi orqali axborotni baholash va shaxs axloqiy barqarorligiga erishishganliklari sababli yoshlarda axborot tahdidlardan himoyalanishning autosugessivlik va tanqidiy fikrlash usullarini kuchaytirilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarni turli axborot xurujlaridan himoya qilishning ijtimoiy psixologik tomonlarini o‘rganish uchun olingan ilmiy natijalar, amaliy xulosalar, taklif va tavsiyalar asosida:
yoshlarning axborotlar bilan ishlash faolligini kompensator va relaksatsiya usullarini qo‘llashga o‘rgatish orqali axborotlarni saralash xususiyatining rivojlantirishga ko‘ra ichki psixologik diskomfortni pasayishiga (axborotlar bilan ishlashdan xavotirlanish, qo‘rquv,), ijtimoiy ustanovkalar (jamiyatdagi ijtimoiy xulq-atovorga xayriholik)ning kuchaytirish natijasida «xavflar devolvatsiyasi»ga erishilganligi aniqlanganligiga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-son buyrug‘i bilan psixologlarni tayyorlashdagi «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-son ma’lumotnomasi) hamda «Axborot xurujlaridan yoshlarni himoyalashning ijtimoiy-psixologik usullari» tushuncha va tavsiyalari; O‘zbekiston «Yoshlar ittifoqi» Andijon viloyat Kengashi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, akademik lisey va umumta’lim maktablari fan o‘qituvchilari, amaliyotchi psixologlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etuvchi va olib boruvchi mas’ullar, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha maslahatchilari «Axborot soati» mas’ullarining mashg‘ulotlarida qo‘llanilganligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi boshlang‘ich tashkilotlarining ma’naviy tadbirlarida (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashining 2020 yil 14 dekabrdagi 02-07/587-son ma’lumotnomasi) joriy qilinganligi;
o‘quvchilarda turli elektron manbalardan axborotlarni tanlashga o‘rgatishga orqali ularning ijtimoiy va kasbiy qiymatga ega bo‘lgan axborotlarni to‘g‘ri va samarali saralash imkoniyatlarini kuchaytirilganligi sababli axborot manbalaridan mustaqil va ilmiy-tadqiqot ishlarida ishonch bilan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirilgan to‘g‘risidagi ilmiy natijalar bo‘yicha takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-sonli buyrug‘i bilan psixologlarni tayyorlash rejasiga kiritilgan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu taklif va tavsiyalar psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan psixologik tavsifnomalar tuzish sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ta’lim muhitida «Internet imitatsiyasi»ni tatbiq etish orqali Internet axborot resurslarini madaniy, axloqiy, gumanistik xarakterdagi ma’lumotlar bilan tanishtirish asosida ta’limning tarbiyaviy funksiyasini amalga oshirish hisobida xavfsizlik, ehtiyotkorlik va hushyorlikni shakllantirish natijasida yoshlarning viktimlikka va tobelikka moyillikdan himoyalanishi ta’minlanganligiga doir taklif va tavsiyalar takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-son buyrug‘i bilan psixologlarni tayyorlash rejasiga kiritilgan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu taklif va tavsiyalar psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan psixologik tavsifnomalar tuzish sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan; O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Andijon viloyati teleradiokompaniyasi 2021 yil 19 fevraldagi 20-24/55-son buyrug‘iga asosan radio boshlovchi xodimlar, OAV muharrirlari va vakillariga ilmiy-amaliy, nazariy va yuqori samarali ko‘mak berish vositasi sifatida foydalanishlariga hissa qo‘shgan.
axloqiy va madaniy-qadriyatli tamoyillar asosida axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini kuchaytirilishi orqali axborotni baholash va shaxs axloqiy barqarorligiga erishishganliklari sababli yoshlarda axborot tahdidlardan himoyalanishning autosugessivlik va tanqidiy fikrlash usullarini rivojlanishi dalillanganligi bo‘yicha olingan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-son buyrug‘i bilan psixologlarni tayyorlash rejasiga kiritilgan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 04 avgustdagi P-M-9a-son ma’lumotnomasi) hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2021 yil 1 apreldagi 01/10-01-89-son buyrug‘iga asosan XTB metodist-psixologlari, umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlari, tarbiya fani o‘qituvchilari faoliyatining ilmiy-metodik ta’minoti uchun foydalanilgan. kuchaytirilgan.Natijada amaliyotchi psixologlari, tarbiya fani o‘qituvchilari faoliyatining ilmiy-metodik jihatdan kuchaytirilgan.