Yakubova Go‘zal Asatullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli ta`lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning psixofiziologik rivojlanishi” 19.00.02 – Psixofiziologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Psi51.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Vol`fgang Kashka, medisina fanlari doktori, professori (Germaniya); Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli ta’lim muassasalarining maktabgacha va kichik maktab yoshidagi tarbiyalanuvchi bolalarida psixologik va psixofiziologik rivojlanishini empirik ochib berish asosida psixofiziologik o‘zgarishlarini korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning kommunikativ va kognitiv sohasining rivojlanishida axborotlarni idrok qilishning dominant qo‘zg‘alish o‘chog‘ini nutq markazlari bilan uyg‘un holda neyrodinamik asosda shakllanishi tufayli psifiziologik omillar ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar vegetativ nerv tizimining xususiyatlariga ko‘ra, muloqotdagi geteronom-avtonomlikning differensial namoyon bo‘lishida individual sifatlarning ustuvorligi tufayli kommunikativlikning kognitiv jarayonlar bilan uyg‘un rivojlanishi asoslangan;
maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda muloqotning bevosita ta’sirida emotsional soha rivojlanishi markaziy nerv tizimidagi al`fa va tetta ritmlarning faollashuvidagi barqarorlikni stimullarni transformatsiyalash orqali kuchayishi tufayli kognitiv jarayonlarning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
bolalarning miya faoliyati rivojlanishida oilada tarbiyalanayotgan bolalarda al`fa ritm chap Occipital “O1”, betta ritm o‘ng Frontal Fp2 mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlarda al`fa ritm chap Occipital “O2”, betta ritm chap Frontal Fp1 ning tetta ritmi bilan uyg‘un holda ustuvor shakllanishi tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
bolada deprivatsiyaning shakllanishi muloqotdagi xavotirlanishning tetta ritm faollashuvi bilan bog‘liq holda mayda motorikadagi rivojlanishiga intensiv ta’sir etganligi tufayli oiladagi shaxslararo munosabatlar tizimi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Turli ta`lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning psixofiziologik rivojlanishini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishi asosida:
shaxsning kommunikativ va kognitiv sohasining rivojlanishida axborotlarni idrok qilishning dominant qo‘zg‘alish o‘chog‘ini nutq markazlari bilan uyg‘un holda neyrodinamik asosda shakllanishi tufayli psifiziologik omillar ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son buyrug‘i bilan “Psixofiziologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarda bolalarning kommunikativ va kognitiv sohasi to‘g‘risidagi tasavvurlari shakllanishi va shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan psixologik xizmat imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar vegetativ nerv tizimining xususiyatlariga ko‘ra, muloqotdagi geteronom-avtonomlikning differensial namoyon bo‘lishida individual sifatlarning ustuvorligi tufayli kommunikativlikning kognitiv jarayonlar bilan uyg‘un rivojlanishi asoslangan amaliy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11 son buyrug‘i bilan «Psixofiziologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashida vegetativ nerv tizimining xususiyatlariga ko‘ra, muloqotdagi geteronom-avtonomlikning differensial namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarini oshirishga erishilgan;
maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda muloqotning bevosita ta’sirida emotsional soha rivojlanishi markaziy nerv tizimidagi al`fa va tetta ritmlarning faollashuvidagi barqarorlikni stimullarni transformatsiyalash orqali kuchayishi tufayli kognitiv jarayonlarning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi bo‘yicha olingan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar to‘g‘risidagi nazariy qarashlar boyitilgan;
bolalarning miya faoliyati rivojlanishida oilada tarbiyalanayotgan bolalarda al`fa ritm chap Occipital “O1”, betta ritm o‘ng Frontal Fp2 mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlarda al`fa ritm chap Occipital “O2”, betta ritm chap Frontal Fp1 ning tetta ritmi bilan uyg‘un holda ustuvor shakllanishi bo‘yicha ishlab chiqilgan psixologik tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son buyrug‘i bilan “Psixofiziologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy psixologlarda bolalarning psixofiziologik xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlar takomillashtirishga erishilgan;
bolada deprivatsiyaning shakllanishi muloqotdagi xavotirlanishning tetta ritm faollashuvi bilan bog‘liq holda mayda motorikadagi rivojlanishiga intensiv ta’sir etganligi tufayli oiladagi shaxslararo munosabatlar tizimi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan psixologik tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son buyrug‘i bilan “Psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi PM-11-m son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy psixologlarda boladagi muloqotning shakllanishiga oid bilimlarni kengaytirishga erishilgan.