Turg‘unov Abdurashid Abdumannobovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tizimi psixologik xizmatini tashkiliy-metodik rivojlantirish mexanizmlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P68.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Baratov Sharof Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tizimi psixologik xizmatini rivojlanish xususiyatlarini ochib berish hamda tashkiliy-metodik rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarni barqarorlashtirish uchun muloqotda kommunikativ, perseptiv va interaktiv ta’sir jihatlarini adaptiv ifodalanishiga ko‘ra, “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijtimoiy moslashuvini ta’minlashning ijtimoiy-hamkorlik mexanizmi”ni psixologik xizmat yo‘nalishlariga kiritish muhim ekanligi dalillangan;
“Maktabgacha ta’lim tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish” modeli identifikatsiya mexanizmlari, shaxsning mental, kognitiv, emotsional va irodaviy sohalariga ta’sir ko‘rsatish intensivligini kuchaytirish indikatorlarini aniqlashtirish muhimligiga ko‘ra psixologik xizmatni resurslar bilan ta’minlash va infratuzilmani strukturaviy rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining bolalar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishish xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra identifikatsiya, refleksiya, kauzal atribusiya va empatiya kabi idrok fenomenlarini ustuvor shakllanishi orqali bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan bog‘liq texnologiyalarning qo‘llashdagi ta’sir mexanizmlari takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlarida shaxsiy va kasbiy “Men-konsepsiya”sini rivojlantirishda boshqa ijtimoiy ta’sir sub’ektlari bilan konstruktiv munosabat, tolerant adaptatsiya, emotsional intellekt komponentlarini identifikatsiyasining kuchayishiga asoslanib verbal va noverbal muloqot texnikalari muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologik xizmat faoliyatida ijtimoiy hamkorlikni samarali tashkil etishda ijtimoiy idrok mexanizmlarini kuchaytirishga empatiyaviy munosabatni singdirish orqali muloqot texnikalarining ta’sirini oshirish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tizimi psixologik xizmatini tashkiliy-metodik rivojlantirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarni barqarorlashtirish uchun muloqotda kommunikativ, perseptiv va interaktiv ta’sir jihatlarini adaptiv ifodalanishiga ko‘ra, “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijtimoiy moslashuvini ta’minlashning ijtimoiy-hamkorlik mexanizmi”ni psixologik xizmat yo‘nalishlariga kiritish muhim ekanligi dalillashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmat faoliyatini ijtimoiy-psixologik munosabatlar asosida bolalarni ijtimoiy hayotga moslashishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
“Maktabgacha ta’lim tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish” modeli identifikatsiya mexanizmlari, shaxsning mental, kognitiv, emotsional va irodaviy sohalariga ta’sir ko‘rsatish intensivligini kuchaytirish indikatorlarini aniqlashtirish muhimligiga ko‘ra psixologik xizmatni resurslar bilan ta’minlash va infratuzilmani strukturaviy rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlari va rivojlanish sohalarini rivojlashtirishga oid kompetensiyalarini o‘zlashtirish darajalarini oshirishiga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining bolalar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishish xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra identifikatsiya, refleksiya, kauzal atribusiya va empatiya kabi idrok fenomenlarini ustuvor shakllanishi orqali bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan bog‘liq texnologiyalarning qo‘llashdagi ta’sir mexanizmlari takomillashtirilga doir ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak maktabgacha ta’lim psixologlarida bolalarni maktabga psixologik tayyorlashda ijtimoiy etuklik ko‘nikmalarini shakllantirish doir kometensiyalarini oshirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlarida shaxsiy va kasbiy “Men-konsepsiya”sini rivojlantirishda boshqa ijtimoiy ta’sir sub’ektlari bilan konstruktiv munosabat, tolerant adaptatsiya, emotsional intellekt komponentlarini identifikatsiyasining kuchayishiga asoslanib verbal va noverbal muloqot texnikalari muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlashga oid ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son buyrug‘i bilan “Yosh psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarning bolalarni psixologik salomatligi va ularning ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid kompetensiyalarini verbal va noverbal muloqot texnikalari asosida mazmunan takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologik xizmat faoliyatida ijtimoiy hamkorlikni samarali tashkil etishda ijtimoiy idrok mexanizmlarini kuchaytirishga empatiyaviy munosabatni singdirish orqali muloqot texnikalarining ta’sirini oshirish zarurati dalillashga oid takliflar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 26 avgustdagi PM-74-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarning tashkiliy va uslubiy jihatdan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni ijtimoiy hamkorlik asosida tashkil etishga oid kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan.