Qodirov Mirzaakram Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):«Bojxona xizmati xodimlarida profayling asosidagi kasbiy kompetensiyalar shakllanish xususiyatlari», 19.00.03 – Inson kasbiy faoliyati (Kasb psixologiyasi) (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P252.
Ilmiy rahbar: Sattarov Erkinbay Niyazmetovich, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ravshanov Lochinbek Urinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona xizmati xodimlarida profayling asosidagi kompetensiyalar shakllanganligi xususiyatlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona xodimining profaylingga oid kompetensiyalari tarkibiy tuzilmasi diqqat (barqarorligi, hajmi, jamlanishi, tanlovchanligi), xotira (obrazli va vizual), emotsiya va xatti-harakatlarni o‘qish, muloqotga kirishuvchanlik, tavakkalchilik xususiyatlarining rivojlanganlik darajasini muhimligiga ko‘ra, «kuzatuvchanlik», «mimika», «tezkor qaror qabul qilish» komponentlarini biriktirish asosida takomillashtirilgan;
profaylingga xos bo‘lgan yetakchi shaxs xususiyatlarini aniqlash uchun bojxona xizmatiga kadrlarni tanlash hamda saralash jarayonida shaxsning ma’lumotlarni idrok qilishga nisbatan ta’sirchanligini verbal va noverbal xatti-harakatlarni identifikatsiyalay olish ko‘nikmasini rivojlanganlik darajasini aniqlash muhimligiga ko‘ra, R.B.Kettelning «O‘n olti omilli shaxsni o‘rganish so‘rovnomasi 16 PF («A» variant)»ni moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bojxona xizmati xodimlaridagi profaylingga oid xususiyatlarni shakllantirishda kasbiy profayling kompetensiyalarini emotsional, kognitiv shaxs sifatlari negizida rivojlantirish muhimligiga ko‘ra, mualliflik «Bojxona profaylingi» maxsus dasturini qo‘llash samarali ekanligi asoslangan;
«bojxona xizmati xodimi psixologik profili» shaxsdagi «intellektuallik», «yetakchilikka intilish», «ijtimoiy dadillik», «diplomatik munosabat o‘rnatish», «yangilikka sezgir», «mustaqillik», «o‘zini–o‘zi tartibga solish», «zo‘riqqanlik», «ekstraversiya-introversiya», «hissiy sezgirlik», «konformlik» sifatlarini kasbiy faoliyatda adaptiv-integrativ namoyon bo‘lishi natijasida, yetakchi shaxs xususiyatlarining shakllanganlik darajasiga muvofiq takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi doirasida olingan natijalar asosida quyidagilarga erishilgan:
dissertatsiyaning bojxona xodimining profaylingga oid kompetensiyalari tarkibiy tuzilmasi diqqat (barqarorligi, hajmi, jamlanishi, tanlovchanligi), xotira (obrazli va vizual), emotsiya va xatti-harakatlarni o‘qish, muloqotga kirishuvchanlik, tavakkalchilik xususiyatlarining  rivojlanganlik darajasini muhimligiga ko‘ra, «kuzatuvchanlik», «mimika», «tezkor qaror qabul qilish» komponentlarini biriktirish asosida takomillashtirilganligiga doir empirik tadqiqot natijalari haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 noyabrdagi PM-75-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-75-a-son ma’lumotnomasi). Natiijada mazkur amaliy majmualar amalda qo‘llanilishi natijasida bojxona xodimining profaylingga oid kompetensiyalari tarkibiy tuzilmasini aniqlash imkoni yaratilgan;
profaylingga xos bo‘lgan yetakchi shaxs xususiyatlarini aniqlash uchun bojxona xizmatiga kadrlarni tanlash hamda saralash jarayonida shaxsning ma’lumotlarni idrok qilishga nisbatan ta’sirchanligini verbal va noverbal xatti-harakatlarni identifikatsiyalay olish ko‘nikmasini rivojlanganlik darajasini aniqlash muhimligiga ko‘ra,  R.B.Kettelning «o‘n olti omilli shaxsni o‘rganish so‘rovnomasi 16 PF (A variant)»ni moslashtirish asosida takomillashtirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 24 martdagi 19-son buyrug‘iga asosan Bojxona institutiga o‘qishga kiruvchi nomzodlarni, Davlat bojxona qo‘mitasiga ishga kirishga nomzodlarni va tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni individual-psixologik  o‘rganish uchun bu ishlanma Davlat bojxona qo‘mitasining «Onlayn-test» elektron dasturi «Individual-psixologik o‘rganish» moduliga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 24 martdagi 9/25-22-0028-son ma’lumotnomasi). Natijada bojxona kadrlarini psixologik o‘rganish samaradorligi oshirilgan va ilmiy-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
bojxona xizmati xodimlaridagi profaylingga oid xususiyatlarni shakllantirishda kasbiy proofayling kompetensiyalarini emotsional, kognitiv shaxs sifatlari negizida rivojlantirish muhimligiga ko‘ra, mualliflik «Bojxona profaylingi» maxsus dasturini qo‘llash samarali ekanligi asoslanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 24 martdagi 19-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyruqlariga asosan Bojxona instituti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga «Bojxona profaylingi» o‘quv qo‘llanmasi va «Tamojenniy profayling» darsligi mazmuniga singdirish orqali joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 24 martdagi 9/25-22-0028-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘iga muvofiq ruhsat etilgan «Bojxona profaylingi» o‘quv qo‘llanmasi 233-0571-raqamli va «Tamojenniy profayling» darsligi 233-0575-raqamli guvohnomalari). Natijada bojxona xizmati xodimlarining profaylingga oid bo‘lgan kasbiy kompetensiyalari shakllantirish jarayonining samaradorligini oshirishga erishilgan;
«bojxona xizmati xodimi psixologik profili» shaxsdagi «intellektuallik», «yetakchilikka intilish», «ijtimoiy dadillik», «diplomatik munosabat o‘rnatish», «yangilikka sezgir», «mustaqillik», «o‘zini–o‘zi tartibga solish», «zo‘riqqanlik», «ekstraversiya-introversiya», «hissiy sezgirlik», «konformlik» sifatlarini kasbiy faoliyatda adaptiv-integrativ namoyon bo‘lishi natijasida, yetakchi shaxs xususiyatlarining shakllanganlik darajasiga muvofiq takomillashtirilgan oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 noyabrdagi PM-75-sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-75-a-son ma’lumotnomasi). Natijada profaylingga oid kompetensiyalarga ega bo‘lgan xodimlarni psixologik profilini ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish