Turaboev Nodirbek Kabilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Quduriy “Muxtasar” asarining Movarounnahr hanafiy fiqhi rivojiga ta’siri», 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.2.PhD/Isl43.
Ilmiy rahbar: Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Nigora Jaloliddin qizi, yuridik fanlari doktori, dotsent; Ziyodov Shovosil Yunusovich tarix fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abulhusayn Quduriy “Muxtasar”asarining Movarounnahr hanafiy fiqhi rivojiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abulhusayn Quduriyning «Muxtasar» kitobilafzi qisqa, ma’nosi keng va ishonchli bo‘lgani sababli hanafiy fiqhida qisqa matnlar (مختصر) janrining shakllanishiga asos bo‘lgani isbotlangan;
“Muxtasar”da hanafiy mazhabi asoschilariga muvofiq bo‘lmagan holda 
4 o‘rinda o‘z ijtihodi bilan asl qoidalar (أصول الفقه)ga tayanib va 6 o‘rinda “rasm al-muftiy” (رسم المفتي) qoidasiga ko‘ra fatvo (فتوى) berganligi bilan muallifning mujtahid olim ekani isbotlangan;
Movarounnahr faqihlari tomonidan XI-XV asrlarda yozilgan 5 ta mo‘’tamad (“معتمد” “ishonchli”) matnlar: “Bidoyat al-mubtadiy”, “al-Viqoya”, “an-Nuqoya”, “Tuhfat al-fuqaho”, va “Kanz ad-daqoiq” kabi asarlarga aynan Quduriyning “Muxtasar”i manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgani aniqlangan;
“Muxtasar”da “Zohir ar-rivoya” (“ظاهر الرواية” - “Eng ishonchli rivoyat”) masalalari doirasida 15 o‘rinda Abu Hanifaning emas, balki, katta shogirdlarining fatvolari ixtiyor qilingan bo‘lib, ulardan 8 tasiga hanafiy mazhabida amal qilib kelinayotgani “Hidoya” va boshqa mo‘’tamad (“معتمد” “ishonchli”) manbalar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Abulhusayn Quduriy «Muxtasar» asarining Movarounnahr hanafiy fiqhi rivojiga ta’siri bo‘yicha olib borilgantadqiqot natijasida ishlab chiqilgan taklif va ilmiy-amaliy tavsiyalar asosida:
Abulhusayn Quduriyning «Muxtasar» kitobi lafzi qisqa, ma’nosi keng va ishonchli bo‘lgani sababli hanafiy fiqhida qisqa matnlar janrining shakllanishiga asos bo‘lgani haqidagi xulosalar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida tayyorlangan «Islom ensiklopediyasi» mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 5 oktyabrdagi 02-03/7585-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shariatning asosiy manbalaridan bo‘lgan fiqhiy matnlarni tushunish va uni to‘g‘ri talqin qilish haqida tasavvur hosil bo‘lishiga xizmat qilgan;
Movarounnahr faqihlari tomonidan 5 ta mo‘’tamad (“معتمد” “ishonchli”)  matnlar: “Bidoyat al-mubtadiy”, “al-Viqoya”, “an-Nuqoya”, “Tuhfat al-fuqaho”, “Kanz ad-daqoiq” XI-XV asrlarda yozilgan bo‘lib, ularning barchasiga aynan Quduriyning “Muxtasar”i asos bo‘lib xizmat qilgani dalillangan haqidagi xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan «Hanafiy fiqhidan zarur masalalar» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlar idorasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 2535-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fiqh ilmida ta’lim uchun eng qulay va samarali bo‘lgan muxtasar asarlar tasnifi hamda ularning umumiy va xususiy jihatlari tanishtirish ishiga ko‘maklashgan;
“Muxtasar”da hanafiy mazhabi asoschilariga muvofiq bo‘lmagan holda 4 o‘rinda o‘z ijtihodi bilan asl qoidalar (أصول الفقه)ga tayanib va 6 o‘rinda “rasm al-muftiy” (رسم المفتي) qoidasiga ko‘ra fatvo berganligi bilan muallifning mujtahid olim ekani hamda “muxtasar” janrining islom ilmlaridagi ahamiyati haqidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 09 noyabrdagi 02/626-son ma’lumotnomasi). Natijada, hanafiy olimlarning islom huquqinazariyalari shakllanishidagi o‘rni va xizmatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
“Muxtasar”da “Zohir ar-rivoya” (“ظاهر الرواية” - “Eng ishonchli rivoyat”) masalalari doirasida 15 o‘rinda Abu Hanifaning emas, balki katta shogirdlarining fatvolari ixtiyor qilingani aniqlangan va ulardan 8 tasiga hanafiy mazhabida amal qilib kelinayotgani “Hidoya” va boshqa mo‘’tabar manbalar asosida dalillangan va fiqh ilmidagi muxtasar matnlar va ularning shakllanishiga oid ma’lumotlar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk yurt allomalari” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 26 avgustdagi 01-07/138-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlar alloma asarlari mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish