Latipov Ilyos Mustafoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlik haqidagi tasavvurlarni     shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari» 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Psi87.
Ilmiy rahbar: Barotova Dilafro‘z Sharifovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlar doktori, professor; Urazbaeva Dilbar Abdullaevna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida  kasbiy kompetentlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning o‘ziga xos  ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tibbiyot hamshiralarining kasbiy kompetentligini shakllanishida tafakkur moslashuvchanligining kreativlik funksiyasi bilan uyg‘un holda hissiy sohada differensial namoyon bo‘lishiga muvofiq kommunikativ va autopsixologik omillar integratsiyasi muhim omil ekanligi dalillangan;
tibbiyot hamshiralarining kasbiy faoliyatiga sotsial omillarning ta’siri natijasida muloqotchanlik, ijtimoiy-perseptiv, autopsixologik xususiyatlarning integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy kompetentlik mezonlari orasida differensial farqlar mavjudligi dalillangan;
bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlikni namoyon bo‘lishida muloqotdagi to‘siqlarni engishga yo‘nalganlikning sotsial intellekt negizida “Men” bilan identiv rivojlanishi tufayli kommunikativ konformizmga yo‘nalganlikning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak tibbiyot xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishda irodaviy, emotsional, kommunikativ xususiyatlarni kognitiv, xulqiy, hissiy jihatlarga integratsiyalash muhimligiga ko‘ra autopsixologik kompetentlikni shakllantirish zarurligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak  tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlik haqidagi tasavvurlarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
bo‘lajak tibbiyot hamshiralarining kasbiy kompetentligini shakllanishida tafakkur moslashuvchanligining kreativlik funksiyasi bilan uyg‘un holda hissiy sohada differensial namoyon bo‘lishiga muvofiq kommunikativ va autopsixologik omillar integratsiyasi muhim omil ekanligi dalillanganligiga oid xulosa va takliflar  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a sonli buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08-34270-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga erishilgan;
tibbiyot hamshiralarining kasbiy faoliyatiga sotsial omillarning ta’siri natijasida muloqotchanlik, ijtimoiy-perseptiv, autopsixologik xususiyatlarning integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy kompetentlik mezonlari orasida differensial farqlar mavjudligini asoslovchi ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a sonli buyrug‘iga asosan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08-34270-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lg‘usi tibbiyot hamshiralarining kasb psixologiyasi yo‘nalishini o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi ta’minlashga erishilgan;
bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlikni namoyon bo‘lishida muloqotdagi to‘siqlarni engishga yo‘nalganlikning sotsial intellekt negizida “Men” bilan identiv rivojlanishi tufayli kommunikativ konformizmga yo‘nalganlikning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08-34270-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak tibbiyot hamshiralarini faoliyatga doir, bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshishiga xizmat qilgan; 
bo‘lajak tibbiyot xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishda irodaviy, emotsional, kommunikativ xususiyatlarni kognitiv, xulqiy, hissiy jihatlarga integratsiyalash muhimligiga ko‘ra autopsixologik kompetentlikni shakllantirish zarurligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-71-a son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 08-34270-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak tibbiyot hamshiralarida kasbiy  kompetentlikning  rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy tasavvurlarni  shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish