Qudratov Shuxrat Yodgorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Buxoro amirligida savdo aloqalari va tadbirkorlik tarixi”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar313.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Ziyaeva Dono Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori;  G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi savdo aloqalari va tadbirkorlik tarixini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning oxirlarida Buxoro amirligida qorako‘l teri, paxta va ipakchilik sohalarining yirik tadbirkorlar hamda savdogarlar tomonidan bo‘lib olinishi natijasida bu mahsulotlarning xorijga eksport qilinish hajmi oshganligi aniqlangan;
Amir Abdulahadxon tashabbusi bilan mahalliy boylar tomonidan dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlarga o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun foizsiz pullar berilishi sudxo‘rlikning qisqarishiga sabab bo‘lgani va aholining moddiy turmushi yaxshilanishiga xizmat qilgani ochib berilgan;
amirlikda bank-kredit tizimining vujudga kelishi va rus kapitalining kirib kelishi kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining inqiroziga sabab bo‘lgani hamda rus sarmoyadorlari tomonidan xalq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik zavod-fabrikalarning ochilishi amirlikda yangi ijtimoiy qatlam-ishchilar guruhining shakllanishiga xizmat qilgani aniqlangan;
Rossiya imperiyasi hukmron doiralari va amir hukumati o‘rtasida noteng iqtisodiy shartnomalar imzolanishi amirlikning xorij bilan savdo aloqalari cheklanishiga, savdo-sotiqdan keladigan daromadlarning qisqarishiga, amirlikda etishtirilgan mahsulotlarning faqat mustamlakachi davlatga arzon narxda sotilishi aholining turmush darajasining tushib ketishiga sabab bo‘lgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “XIX asr oxiri  XX asr boshlarida Buxoro amirligida savdo aloqalari va tadbirkorlik tarixi” mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxirlariga kelib amirlikda qorako‘l teri paxta va ipakchilik sohalarining  yirik tadbirkorlar hamda savdogarlar tomonidan bo‘lib olinishi natijasida bu mahsulotlarning xorijga eksport qilinishi ko‘payganligi haqidagi ma’lumotlardan “Buxoro merosi” ilmiy tadqiqot markazining 10-01/3-son “Ijtimoiy sheriklik doirasida Abu Hafs Kabir muqaddas qadamjosini obodonlashtirish ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot choralarini amalga oshirish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan ( “Buxoro merosi” ilmiy tadqiqot markazining 2022 yil 3 martidagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik yangi tushuncha emasligi qadimgi ajdodlarimiz turli xalqlar o‘rtasida savdo sotiq ishlarini amalga oshirib halol savdo munosobatlarini o‘rnatganligi O‘zbekistonda olib borilgan iqtisodiy-siyosiy sohadagi islohotlar samaradorligini oshirishda tadbirkorlarning xalq hayotidagi o‘rni haqidagi umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga, bu esa ajdodlarimiz tarixini chuqur bilishga undaydigan g‘oyalarini o‘rganish yoshlar faoliyati va dunyoqarashining o‘zgarishiga yoshlar intelektual salohiyatini shakllantirishda o‘zaro hurmat bag‘rikenglik sabrlilik halollik kabi yuksak insoniy qadriyatlarning ma’naviy-ma’rifiy mexanizmlarini takomillashtirishni tarixiy metodologik nuqtai nazardan o‘rganishga xizmat qilgan;
Amir Abdulaxadxon tashabbusi bilan mahalliy boylar tomonidan dehqonlar chorvadorlar va hunarmandlarga o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun foizsiz pullar berilishi sudxo‘klikning qisqarishiga sabab bo‘lgani haqidagi ma’lumotlardan Buxoro viloyati telekanalida efirga uzatilgan qator ko‘rsatuvlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022 yil 25 iyuldagi 1/188-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda ko‘tarilgan ilmiy mulohozalar tomoshabinlarning Buxoro amirligida bank tizimining shakllanishi tarixi to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni egallashlariga xizmat qilgan;
amirlikda bank-kredit tizimining shakllanishi va rus kapitalining kirib kelishi oqibatida kichik va o‘rta tadbirkorlik  sub’ektlari o‘rnida yirik zavod va fabrikalar vujudga kelgani to‘g‘risidagi hamda yirik zavod va fabrikalar vujudga kelgani, shuningdek Rossiya imperiyasi hukmron doiralari va amir hukumati o‘rtasida noteng iqtisodiy shartnomalar imzolanishi amirlikning xorij bilan savdo aloqalari cheklanishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro merosi ilmiy tadqiqot markazining 35-06-15-son  “Buxoro viloyatida yoshlarning madaniy meros sohasidagi bilimlarni oshirish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (“Buxoro merosi” ilmiy tadqiqot markazining 2017 yil 25 maydagi 2-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot materiallarining kollektiav monografiyada chop etilishi Buxoro amirligida savdo aloqalari va tadbirkorlik tarixini manbalar asosida yoritib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish