Abdullaeva Nasibaxon Arabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘zbek kashtachiligining tarixiy-etnografik xususiyatlari (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida), 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar742.
Ilmiy rahbar: Ashirov Adxamjon Azimboevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori; Jumaev Qoryog‘di Jumaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek kashtachiligini tarixiy - etnolokal xususiyatlarini Farg‘ona vodiysi materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi hududidagi Qorabuloq, Munchoqtepa arxeologik yodgorliklardan topilgan matolardagi naqsh bezaklari hamda Afrosiyob devoriy suratlarida aks etgan personajlarning kiyimlaridagi tasvirlar o‘zbek kashtachiligining qadimgi namunasi ekanligi dalillangan;
Farg‘ona kashtalari Buxoro, Nurota, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz va Boysun kashtalari bilan qiyoslanib, kashtachilikning vodiyga xos to‘q rangdagi matoni tanlanishi, mato yuzida naqsh elementlarini parallel yoki gorizontal joylashishi, mato fonining ko‘rinib turishi, “bosma”, “iroqi”, “yo‘rma” kabi choklardan ko‘p foydalanish kabi xususiyatlari ochib berilgan;
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida kashtachilikdagi transformatsiya jarayonlari mintaqada fabrika gazlamalarining tarqalishi hamda sohaga yangi texnika va texnologiyalarni, xususan, yo‘rmado‘zlik mashinalarini kirib kelishi bilan bog‘liq holda yuz berganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysining o‘zbek, tojik, qirg‘iz, uyg‘ur va qoraqalpoq xalqlari kashtalaridagi etnik va inoetnik jihatlar shakllanishiga asos bo‘lgan omillar (tabiiy-geografik muhit, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy va madaniy aloqalar) aniqlanib, o‘zbek kashtachiligi bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlar, urf-odatlar, marosimlar va ustoz-shogird an’analari mohiyatan homiy-pirlarga topinishga asoslanganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek kashtachiligining tarixiy-etnografik xususiyatlari (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Farg‘ona vodiysi hududidagi Qorabuloq, Munchoqtepa arxeologik yodgorliklardan topilgan matolardagi naqsh bezaklari hamda Afrosiyob devoriy suratlarida aks etgan personajlarning kiyimlaridagi tasvirlar o‘zbek kashtachiligining qadimgi namunasi ekanligi hamda Farg‘ona kashtalari Buxoro, Nurota, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz va Boysun kashtalari bilan qiyoslanib, kashtachilikning vodiyga xos to‘q rangdagi matoni tanlanishi, mato yuzida naqsh elementlarini parallel yoki gorizontal joylashishi, mato fonining ko‘rinib turishi, “bosma”, “iroqi”, “yo‘rma” kabi choklardan ko‘p foydalanish kabi xususiyatlari ochib berilganligiga oid xulosalar O‘zRFA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyalarida joylashgan kashta buyumlarini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zR Fanlar Akademiyasining 2020 yil 11 fevraldagi 3/1255-428-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarning o‘zbek milliy kashtachiligi, jumladan, kashtachilikning “Farg‘ona maktabi” haqidagi tasavvurlarni yanada boyitishga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysining o‘zbek, tojik, qirg‘iz, uyg‘ur va qoraqalpoq xalqlari kashtalaridagi etnik va inoetnik jihatlar shakllanishiga asos bo‘lgan omillar (tabiiy-geografik muhit, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy va madaniy aloqalar) aniqlanib, o‘zbek kashtachiligi bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlar, urf-odatlar, marosimlar va ustoz-shogird an’analari mohiyatan homiy-pirlarga topinishga asoslanganligi xususidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2019 yil 25 iyundagi 03-14/772-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘zbek milliy kashtachiligi, xususan Farg‘ona kashtalarini ilmiy o‘rganish va tadqiqot materillaridan amaliyotda foydalanish imkonini bergan;
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida kashtachilikdagi transformatsiya jarayonlari mintaqada fabrika gazlamalarining tarqalishi hamda sohaga yangi texnika va texnologiyalarni, xususan, yo‘rmado‘zlik mashinalarini kirib kelishi bilan bog‘liq holda yuz berganligi dalillangan kabi materiallardan Andijon viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan “Navro‘z tarixi”, “Qadriyatlar jilosi” hamda “Qishloqdagi tengdoshlarim” mavzusida ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 6 avgustdagi 20-24/581-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu o‘zbek milliy kashtachiligini aholi orasida keng targ‘ib qilish imkonini bergan.