Mavrulova Munisa Abduxalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat ma’naviy barqarorligini ta’minlashda milliy-ma’naviy qadriyatlarning o‘rni», 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar538.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01
Rasmiy opponentlar: To‘ychieva Sayyora Suyarkulovna, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining bugungi bosqichida jamiyat ma’naviy barqarorligini ta’minlashda milliy-ma’naviy, madaniy qadriyatlarning o‘rni va ular transformatsiyasi masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet mustabid tuzumi davrida madaniyat va san’at sohasida olib borilgan siyosatning mohiyati milliy madaniyatlarni kamsitish, milliy-madaniy qadriyatlarning o‘rniga siyosiylashgan rasmiy, soxta qadriyatlar tizimini yaratishdan iborat bo‘lganligi isbotlangan;
ijtimoiy rivojlanishning barcha bosqichlarida milliy qadriyatlar ierarxiyasi jarayoni tabiiy ravishda mavjud bo‘lishi, bu jarayonda oilaviy qadriyatlar, demokratik qadriyatlar, bag‘rikenglik va milliy an’analarga hurmat masalalari ustuvor ahamiyat kasb etganligi aniqlangan;
bugungi axborot dunyosida milliy qadriyatlarning qadrsizlanish jarayoni avj olayotgani, ichki (korrupsiya, axloqiy buzuqlik, loqaydlik, urug‘-aymoqchilik kabi) va tashqi (dunyoning siyosiy beqarorligi, mintaqaviy urushlar, egotsentrizm, “ommaviy madaniyat”, virtual dunyoga tushib qolish, kosmopolitizm kabi) tahdidlarning kuchayib borayotgani jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ochib berilgan;
jamiyat ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda milliy qadriyatlarning milliy xarakter bilan uzviy bog‘liqligi, bu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ma’naviy illatlar, ma’naviy yo‘qotishlar, ma’naviy tahdidlar, ma’naviy tubanliklar mohiyati aniqlanib, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uzviyligi, bunda milliylik doimo ustuvor ahamiyatga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat ma’naviy barqarorligini ta’minlashda milliy-madaniy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyatini belgilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotning natijalari:
sovet mustabid tuzumi davrida madaniyat va san’at sohasida olib borilgan siyosatning mohiyati milliy madaniyatlarni kamsitish, milliy-madaniy qadriyatlarning o‘rniga siyosiylashgan rasmiy, soxta qadriyatlar tizimini yaratishdan iborat bo‘lganligi, bugungi axborot dunyosida milliy qadriyatlarning qadrsizlanish jarayoni avj olayotgani, ichki (korrupsiya, axloqiy buzuqlik, loqaydlik, urug‘-aymoqchilik kabi) va tashqi (dunyoning siyosiy beqarorligi, mintaqaviy urushlar, egotsentrizm, “ommaviy madaniyat”, virtual dunyoga tushib qolish, kosmopolitizm kabi) tahdidlarning kuchayib borayotgani jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi bo‘yicha tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IX - yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamda targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 31 oktyabrdagi 02-22/396-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy rivojlanishning barcha bosqichlarida milliy qadriyatlar ierarxiyasi jarayoni tabiiy ravishda mavjud bo‘lishi, bu jarayonda oilaviy qadriyatlar, demokratik qadriyatlar, bag‘rikenglik va milliy an’analarga hurmat masalalari ustuvor ahamiyat kasb etganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 31 oktyabrdagi 2-13-23-3604-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlar, demokratik qadriyatlar, bag‘rikenglik va milliy an’analarga hurmat masalalari bo‘yicha tashkil etilgan targ‘ibot ishlari samaradorligi ta’minlangan;
jamiyat ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda milliy qadriyatlarning milliy xarakter bilan uzviy bog‘liqligi, bu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ma’naviy illatlar, ma’naviy yo‘qotishlar, ma’naviy tahdidlar, ma’naviy tubanliklar mohiyati aniqlanib, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uzviyligi, bunda milliylik doimo ustuvor ahamiyatga egaligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida o‘tkazilgan targ‘ibotlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 oktyabrdagi 03-06/25-son dalolatnomasi). Natijada, Qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.