Isaev Shaxboz Shavkatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iflosligi yuqori bo‘lgan paxtani tozalash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1335
Ilmiy rahbar: Xodjiev Muxsin Todjievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar:  Qayumov Abdul-malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Bobomatov Abdug‘ani Xusayinovich, texnika bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iflosligi yuqori bo‘lgan paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunasini takomillashtirish orqali paxta tolasini dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini tozalash jarayoni matematik modeli asosida ishchi baraban qoziqchalari kesim o‘lchamining o‘zgarishi paxta massasiga beriladigan va tozalash imkoniyatini belgilovchi kuch impul`sining o‘zgarishi hisobiga olib iflosligi yuqori bo‘lgan paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasi qoziqchalarining ratsional konstruktiv o‘lchamlari aniqlangan; 
tozalagich energiya sarfi regeneratsiya qismining massasi va konstruksiyasiga bog‘liqligini inobatga olib jalyuza tasmali transportyor va so‘rish quvuridan tashkil topgan resurstejamkor regeneratsiya qismi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
uskunaning tozalash samaradorligi oshirish uchun ishchi baraban qoziqchalarining profili ya’ni diametri asosidan uchiga tomon botiq egri chiziqli profilda kamayib boruvchi va almashuvchan qoziqcha konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
rejali tajribalar natijalariga asoslanib, qoziqchalarning tozalash ko‘rsatkichlarining oshishini ta’minlaydigan ratsional o‘lcham aniqlangan hamda mavjud qoziqlardan farqli holda bir qatordagi qoziqchalar keyingi qatordagi qoziqchalarning o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan qilib joylashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori ifloslikdagi bo‘lgan paxtani tozalash qurilmasining tozalash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi konus shaklidagi qoziqchalarga ega bo‘lgan barabanlar va iflosliklar tarkibidagi paxtani ajratib oluvchi tasmali tirqishli jalyuzali uzatma texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
konus shaklidagi qoziqchalarga ega bo‘lgan tozalash barabanlari o‘rnatilgan paxta tozalash qurilmasi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tasarufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2021 yil 2 noyabrdagi 03/12-270 son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushi pasaygan, tola sifati bir sinf yuqoriga ko‘ratilgan hamda paxta tozalash mashinasining samaradorligini 55,1÷57,% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish