Mirtoshev Zavkiddin Davronovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronal massa tashlanmalari: ularning quyosh sikli davridagi variatsiyasi va kosmik ob-havoga ta’siri», 01.03.01 – Astronomiya (fizika matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/FM155. Ilmiy rahbarlar: Nandita Srivastava, PhD, Udaypur quyosh observatoriyasi, Fizikaviy tadqiqotlar laboratoriyasi, Hindiston. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, Dsc.02/30.12.2019.FM.15.01. Rasmiy opponentlar: Marilena Mierla, PhD (Bel`giya qirollik observatoriyasi, Bel`giya); Il`yasov Sobit Po‘latovich, fizika-matematika fanlari doktori. Yetakchi tashkilot: Rossiya fanlar akademiyasi Pushkov nomidagi Er magnitizmi, ionosfera va radioto‘lqinlarning tarqalishi instituti (IZMIRAN).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
I.Tadqiqotning maqsadi: Koronal massa tashlanmalari (KMT) va ularning turli xil quyosh aktivligi sikllaridagi uzoq davrli variatsiyalarini va Erdagi kosmik ob-havo natijalarini o‘rganish, shuningdek, quyosh shamoli va KMTlar orqali Quyoshning massa yo‘qotish darajasi evolyusiyasini 23- va 24-quyosh sikllari davomida alohida o‘rganishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oylik KMT massasining yo‘qotilish ko‘rsatkichi va oylik quyosh dog‘lari soni orasidagi bog‘liqlik aniqlanib, ular orasidagi korrelyasiya koeffisienti 23- va 24-quyosh aktivligi sikli uchun mos ravishda 0,74 va 0,76 ga tengligi topilgan;
Yumshoq rentgen fon yorqinligi bilan KMT massasining yo‘qotish ko‘rsatkichi orasidagi bog‘lanish o‘rganilgan va ular orasidagi korrelyasiya koeffisienti mos ravishda 23- va 24-quyosh aktivligi sikli uchun 0,78 va 0,80 deb topilgan;
Quyosh shamolining massa yo‘qotish ko‘rsatkichi quyosh dog‘lari soniga va quyosh rentgen fon yorqinligiga unchalik bog‘liq emasligi ko‘rsatilgan. Quyosh shamolining massa yo‘qotish ko‘rsatkichi 23-quyosh aktivligi sikli uchun yiliga o‘rtacha 2,110-14M ga teng qiymat atrofida bo‘lishi va 24-sikl uchun taxminan 10% ga kamayishi aniqlangan;
Quyosh shamolining massa yo‘qotish ko‘rsatkichi, KMTning massa yo‘qotish ko‘rsatkichidan taxminan 10 marta kattaroq kattalikka teng ekanligi aniqlangan. Shuningdek, KMTlarning quyosh shamoli massa oqimiga qo‘shadigan ulushi, ekliptikada quyosh aktivlik sikli maksimumida taxminan 5 foizni tashkil etashi va bu ko‘rsatkich yuqori geliokengliklarda hamda quyosh aktivlik sikli minimumida ancha kichikligi aniqlangan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada olingan natijalar va tahlil usullaridan boshqa mualliflar ham foydalanishgan. Bu haqda SCOPUS ma’lumotlar bazasiga kiritilgan xalqaro jurnallardagi nashrlarimiz dalolat beradi:
Mishra W., Srivastava N., Wang Y., Mirtoshev Z., Zhang J., Liu R. Mass loss via solar wind and coronal mass ejections during solar cycles 23 and 24 // Monthly Notices of the Royal Astronomical Society. – Oxford (Great Britain), 2019. – vol. 486, Issue 4. – pp. 4671-4685 – 21 iqtibos;
KMTlarning ekliptikada va undan tashqarida umumiy quyosh shamol massasi oqimiga qo‘shgan hissasini va uning quyosh faolligi davrlarining turli bosqichlarida o‘zgarishini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar “The Sun Today” (C. Vita-Finzi, Springer, 2018) kitobida foydalanilgan. Quyosh KMTlarining hosil bo‘lish ko‘rsatkichi va shu bilan bog‘liq massa yo‘qotish darajasini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar quyosh tipidagi yulduzlarni o‘rganishda foydalanilgan.