Yusupxodjaev Saidg‘ani Abdullaxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oldindan zo‘riqtirilgan engil temirbetonli egiluvchi elementlar tadqiqoti va ularni hisoblash uslublarini takomillashtirish”, 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2727.
Ilmiy rahbar: Asqarov Baxtiyor Asqarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Razzoqov Sayidmaxsud Raxmonovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xasanov Sobir Sodikovich.
Yetakchi tashkilot: “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oldindan zo‘riqtirilgan kanat armaturali engilbeton elementlarning qisqa vaqtli va kayta yuklashlarda ishlashining o‘ziga xosligini eksperimental – nazariy tadqiqot qilish va bunday konstruksiyalarni xisoblash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oldindan zo‘riqtirilgan kanat armaturali engil beton to‘sinlarning mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikrligiga asosiy omillar ta’sirini aniqlovchi eksperimental natijalar olingan;
kanat armatura uchun elastiklikning shartli chegarasi shartli oqish chegarasi , ning o‘zgargan qiymatlari xamda armaturadagi plastik deformatsiyalardan xosil bo‘lgan kuchlanish kamayishiini aniqlash bo‘yicha ifodalar taklif etilgan;
kanat armaturaning haqiqiy deformatsiyalanish diagrammasiga va ularning oldindan zo‘riqtirish ta’sirida hamda engil beton xususiyatlarining o‘ziga xosligiga asoslangan egiluvchi elementlarni normal kesim bo‘yicha hisoblash uslubi taklif etilgan;
oldindan zo‘riqtirilgan engil beton to‘sinlarning yoriqsiz kesimlar bikrligini aniqlash uchun beton va armaturaning mexanik xossalarini, armaturani oldindan zo‘riqtirish darajasini va betonni siqilishini inobatga oluvchi ifodalar taklif etilgan;
qisqa vaqtli va qayta yuklanishlar ta’sirida oldindan zo‘riqtirilgan engil beton to‘sinlarning yoriqbardoshligini va deformatsiyalarini aniqlash uchun me’yoriy xujjatning ifodalaridagi koeffisientlarining (φbl , νb , ψb , ψs va ) o‘zgargan qiymatlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
muallifning kanat armaturali engilbeton egiluvchi elementlarning takomillashtirilgan hisob uslubi bo‘yicha takliflari loyiha institutlariga yangi me’yoriy xujjatlar yaratishda foydalanish uchun berilgan. QMQ 2.03.01-96 “Beton va temirbeton konstruksiyalar” me’yoriy hujjatini qayta ishlab chiqishda xammuallif sifatida xamda o‘z taklif va tavsiyalari bilan qatnashgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 16 noyabrdagi 09-06/13007-sonli ma’lumotnomasi).
dissertatsiya bo‘yicha olgan ilmiy-amaliy tadqiqotlari natijalari Toshkent arxitektura qurilish instituti magistrantlari uchun “Evropa ittifoqi me’yorlariga muvofiq qurilish konstruksiyalarini loyixalashtirish asoslari” va “Bino va inshootlarni qayta qurish, tekshirish va sinovdan o‘tkazish” fanlaridan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishda o‘quv jarayonlariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 16 noyabrdagi 09-06/13007-sonli ma’lumotnomasi).
ilmiy tadqiqot ishlari tavsiyalari “DURABLE BETON” MChJ tomonidan ma’qullandi va amaliyotga kiritish hamda ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan.Bir qavatli sanoat binolarining engil qoplamali tom konstruksiyalari uchun oldindan zo‘riqtirilgan kanat armaturali ikki nishabli 12 va 18 metrli stropil to‘sinlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali bugungi kunning ilmiy va iqtisodiy masalalaridan biri hal etildi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida eng asosiy resurs bo‘lgan – sanoat binolarini barpo etishda nisbatan arzon tomyopma konstruksiyalari bilan ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati yaratildi. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 16 noyabrdagi 09-06/13007-sonli ma’lumotnomasi).