Turg‘unov Dilmurod Umarali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta g‘aramini buzuvchi mashina ishchi organlarining yangi konstruksiyasini yaratish” 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2527.
Ilmiy rahbar: Olimjon Sharipjanovich Sarimsakov, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Kaldibaev Rashid Turdibaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta g‘aramini buzuvchi mashina ishchi organlarining yangi konstruksiyasini yaratish orqali paxtani g‘aramdan ko‘chirish va uzatishdagi notekislikni kamaytirish hamda pnevmotransport uskunasi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish sharoitlarida olib borilgan izlanishlar natijalariga ko‘ra pnevmotransportga mavjud g‘arambuzgich bilan paxtani g‘aramdan ko‘chirish va uzatishdagi notekislikning paxta xajmiy zichligi hamda namligiga bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan;
paxtani pnevmotransport uskunasiga uzatishning notekisligini baholash usuli va transporter lentasida harakatlanayotgan paxta qatlamini tekislash orqali notekislikni kamaytirish va pnevmotransportni paxta bilan bir me’yorda ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
paxta g‘aramidan paxtani ko‘chirish va uzatish jarayonini o‘rganish natijalariga ko‘ra mavjud g‘aram buzgich mashinalarida paxta va chambarak qoziqchalari o‘rtasida zarba kuchlari ta’sirida tola va chigitning mexanik shikastlanishi nazariy asoslangan;
nazariy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra g‘arambuzgichning qoziqchalarini chambarak aylanishi yo‘nalishiga qarab α=(10-12)o qiyalatish va qoziqchalarini qo‘shqator qilib joylashtirishga asoslangan yangi chambarak konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘aram buzgich chambaragi rasional konstruksiyasini ishlab chiqish hisobiga g‘aram buzish jarayonida ko‘chirib olinayon xomashyo xajmiy zichligini kamaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani titilish darajasini oshirishga hamda rasional konstruksiyaga ega qo‘sh chambarak ishchi qoziqlari bilan jihozlangan g‘aram buzish mashinasi “O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi Namangan viloyati “ART SOFT TEX cluster” MChJga qarashli Pop paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazildi va texnologik jarayoniga yangi elementlar o‘rnatilgan g‘arambuzish mashinasi joriy qilindi («O’zpaxtasanoat» A/J ning 2021 yil 6 dekabrdagi № 02/22-356 sonli ma’lumotnomasi). Natijada xajmiy zichliklari 57-61 kg/m3 dan 41-46 kg/m3 ga kamaytirishga, chigit mexanik shikastlanishini o‘rtacha 0.3 % ga, toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushini 0.4 % ga kamaytirishga, separatorning paxta bilan tiqilishining oldini olishga, toshtutkichga paxta tushishini 77.2% ga kamaytirishga, tosh tutkichning ushlash samaradorligini 33.9% ga oshirishga, bitta pnevmouskunada energiya sarfini kamaytirishga hamda o‘rta quvvatdagi bitta paxta tozalash korxonasi 1 nav yaxshi sinf tolaning oliy sinfga o‘tishiga erishilgan.