Raxmanov Zafarjon Yashinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt37.

Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

banklarning funsional strategiyalari hamda siyosatlarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash asosida tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmi takomillashtirilgan;

tijorat banklari operatsion faoliyat samaradorligi va rentabelligini baholash ko‘rsatkichlarini taklif etish orqali bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasining samaradorligini baholash uslubiyati takomillashtirilgan;

bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan bank bo‘limlari va xodimlari tomonidan belgilangan strategik vazifalarni bajarish darajasini reyting baholash uslubiyati ishlab chiqilgan;

xorij banklarining ilg‘or tajribasiga tayangan holda bankning funksional strategiyalarini Retail Banking and Wealth Management (RBWM), Commercial Banking (CMB), Institutional Client Services (ICS) va Investment Management (IM) yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqish tartibi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

banklarning funsional strategiyalari hamda siyosatlarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash asosida tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif «Turon bank» ATB va AT «Xalq banki»  amaliyotiga joriy etilgan («Turon bank» ATBning 2017 yil 25 avgustdagi 17/02-675-son va AT «Xalq banki»ning 2018 yil 2 fevraldagi 14/74-56-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning bank amaliyotiga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3270-son Qarorida belgilangan «2018 yilning 1 apreligacha bo‘lgan muddatda banklarni sifatli transformatsiyalash uchun uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash» vazifasini talab doirasida bajarilishida etarli ahamiyat kasb etgan. Buning natijasida bank strategiyasini shakllantirish, amalga oshirish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, bank strategiyasini shakllantirish jarayonini soddalashtirish va bankning tegishli departamentlari xodimlarining mehnat sarfi darajasini pasaytirish imkonini bergan;

tijorat banklari operatsion faoliyat samaradorligi va rentabelligini baholash ko‘rsatkichlarini taklif etish orqali bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasining samaradorligini baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklifi «Turon bank» ATB va AT «Xalq banki» amaliyotiga joriy etilgan («Turon bank» ATB ning 2017 yil 25 avgustdagi 17/02-675-son va AT «Xalq banki» ning 2018 yil 2 fevraldagi 14/74-56-son ma’lumotnomalari). Mazkur ko‘rsatkichlar tizimi operatsion xususiyatdagi xarajatlarning samaradorligini doimiy nazorat qilish bilan bir qatorda, ularni optimallashtirish hamda operatsion daromadlarni oshirish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilishda etarli ahamaiyat kasb etadi. Buning natijasida, bank balanslarini «keng qamrovli baholash» axborot-tahlil dasturi algoritmini ishlab chiqish jarayonini soddalashtirib, operatsion xarajatlarni kamaytirish va bank tomonidan taklif qilinayotgan yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar turini ko‘paytirishga yordam bergan;

bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan bank bo‘limlari va xodimlari tomonidan belgilangan strategik vazifalarni bajarish darajasini reyting baholash uslubiyati «Turon bank» ATB va AT «Xalq banki» amaliyotiga joriy etilgan («Turon bank» ATBning 2017 yil 25 avgustdagi 17/02-675-son va AT «Xalq banki»ning 2018 yil 2 fevraldagi 14/74-56-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif bankning alohida bo‘linmalari va xodimlari faoliyatining strategik maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirish hamda bunga moslashtirilgan rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqishda ma’lum ahamiyat kasb etib, uni tatbiq etish natijasida bank bo‘limlari va xodimlari mehnat unumdorligini 10 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish