Kasimov Beknazar Shodimuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biologik suyuqliklarda dolzarb narkotik moddalarni yuqori sezgirlikda va tanlovchanlikda tahlilining sirt ionlashish mass-spektrometriyasi” 01.04.04 – “Fizik elektronika” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/FM634
Ilmiy rahbari: Usmanov Dilshadbek Tursunbaevich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSs.02/30.12.2019.FM.65.01
Rasmiy opponentlar: Isaxanov Zinobiddin Abilpeyzovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;
Tashmuxamedova Dilnoza Artikovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Biologik suyuqliklarda morfin, amfetamin, metamfetamin va kokain moddalarini iz miqdorlarini sirtiy ionlashish mass-spektrometriyasi usuli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash va tahlil qilish, shuningdek ularning qizib turgan sirtdagi fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amfetamin, metamfetamin va kokain giyohvandlik stimulyatorlarining SI qonuniyatlari, azotli organik birikmalar na’munalarining oldin aniqlangan qonuniyatlari bilan to‘liq mos kelishi aniqlandi va [M-R]+ fragment ionlari tadqiq qilingan birikmalarning mass-spektrlarida asosiy bo‘lishi topildi;
giyohvandlik stimulyatorlarining sublimatsiya issiqliklari kokaindan amfetamingacha oshib boradi, bu ushbu moddalarning strukturaviy xususiyatlari bilan bog‘liq. To‘g‘ri chiziqlarning bir xil qiyaligi, barcha ionlar sirtda adsorbsiyalangan boshlang‘ich molekulalarning geterogen dissotsialanish reaksiyalari mahsulotidan hosil bo‘lishligi aniqlandi;
ilk bor SI usulining yuqori selektivligi tufayli tozalanmagan biologik suyuqliklarda aralashtirilgan morfin, amfetamin, metamfetamin va kokainning iz miqdorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, oldindan xromatografik ajratmasdan, shuningdek oldindan ekstraksiya qilmasdan aniqlash mumkinligi aniqlandi;
GX/MS va SI/MS usullari bilan biologik suyuqliklarda aralashtirilgan na’munalarni qiyosiy o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, xromato-mass-spektrometriya usuli na’munalarni oldindan ekstraksiya qilishni talab qilsa, SI/MS usulining selektivligi tufayli bu moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlil qilish mumkinligi topildi;
kokain iste’molchilarining ekstraksiya qilingan va ekstraksiya qilinmagan real na’munalari SI mass-spektrlaridagi ionlarining tarkibi bir xilligi va faqat ion toklari chiziqlarining intensivligi bilan farqlanishi topildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Morfin, amfetamin, metamfetamin va kokain moddalari hamda bu moddalarning biologik suyuqliklardagi na’munalari SIning mass-spektrometrik tadqiqotlari natijalari asosida:
peshob biologik na’munasida morfinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha SI/MS usuli bilan olingan dissertatsiya ishining natijalari xorijiy jurnallarda biologik na’munalarda morfinni aniqlash uchun kimyoviy-optik sensorlarni hamda mass-spektrometrik ionlash usullarini mukamallashtirishda foydalanilgan (ACS Omega 2020, 5, 28296−28304, IF: 3.512; RSC Advances, 2022, 12, 10950–10988, IF: 3.36; Frontiersin Chemistry 2021, 18, 8, 598487, IF: 3.994 va hokazo). Ilmiy natijalardan foydalanish biologik na’munalardagi morfinni iz miqdorlarini optik sensorlar va ionlash usullarida aniqlashni yaxshilash imkonini berdi.
biologik na’munalardagi amfetamin, metamfetamin va kokain kabi giyohvandlik stimulyatorlarini SI/MS bilan oldindan xromatografik ajratmasdan yuqori sezgirlik bilan aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha olingan dissertatsiya ishining natijalari, xorijiy jurnallarda biologik na’munalarda ushbu giyohvandlik stimulyatorlarini aniqlash va tahlil qilishda xemilyuminessent tola asosidagi portativ immunosensorni, “silico” usuli va mass-spektrometrik usullarni rivojlantirish uchun foydalanilgan (Results in Chemistry, V 3, 2021, 100254, IF: 2.208; Analytica Chimica Acta V. 1192, 2022, 339345, IF: 6.558; Crit Rev Anal Chem. 2022, 7;1-50., IF: 5.686). Ilmiy natijalardan foydalanish portativ immunosensorda biologik na’munalardagi giyohvandlik stimulyatorlari va yangi psixofaol moddalarni sifatli aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, “silico” va ionlash usullarini rivojlantirish imkonini berdi.