Shamshiev Ja’far Abdusalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzum navlarini vertikal xududlarda etishtirishning agrobiologik va saqlashning texnologik parametrlarini ilmiy asoslash”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx681.
Ilmiy rahbar: Islamov Sohib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Odinaev Mirzaamad Isaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzum navlarini vertikal xududlarda etishtirishning agrobiologik xususiyatlari va saqlashning texnologik parametrlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli eko-geografik hududlarda etishtirilgan uzumning Taifi Rozoviy navini agro-biologik va texnologik xususiyatlari tadqiq qilingan va dengiz sathidan (1195 m) balandlikda, samarali harorat (2900 0S) bo‘lgan tog‘li hududlarda hosildorlik 29,5 t/ga bo‘lib, tekislik hududlarga nisbatan 3-4 t/ga yuqori ekanligi aniqlangan;
tog‘li hududlarda (Toshkent viloyati “Parkent” tumani) etishtirilgan uzum mevalarining agrobiologik va organoleptik belgilari orasida: rangi (qizg‘ish), uzum donining uzunligi (2.8±0.9 sm), donining diametri (235±3.1 mm), shakli (silindrsimon) va band uzunligi (3.0±1.1 sm) bilan o‘zaro o‘rtacha korrelyasion bog‘liqlik (r=0,78) mavjudligi isbotlangan;
turli eko-geografik hududlarda etishtirilgan uzumni sovutgichli omborlarda saqlash haroratini 1,5-2 °S ga tushirish uchun dastlabki sovitish jarayonini 6-16 soat davomida amalga oshirish saqlashning samarali bo‘lishi isbotlangan;
uzumni saqlashgacha va sovutgichli omborlarda 90 kun saqlash jarayonida mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari: umumiy qand (20,1-20,8 %), biologik faol moddalar (vitamin A (0,3-0,5 %); V1 (0,1-0,3 %); V2 (0,2-0,5 %); S (1,7-2,2 %)) miqdori sezilarli darajada o‘zgarmaganligi va saqlash davomiyligini 90 kunda bo‘lganda ham sifati keskin pasaymasligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizning turli eko-geografik, vertikal xududlarida etishtirilgan uzumning Taifi Rozoviy navini saqlashning texnologik parametrlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Turli mintaqalarida etishtirilgan uzumning Taifi Rozoviy navini saqlash texnologiyalari bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 21 dekabrda 02/029-5087-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida, sovutkichli omborlarda maxsulotni qadoqlash me’yorlari, saqlash usullari va muddatlari bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
uzumning Taifi Rozoviy navini sovutgichli omborxonalarda joylashtirish maqsadida qadoqlash me’yorlarini o‘rganish bo‘yicha ishlanmasi Toshkent viloyati, Parkent tumani “Zarkent universal” fermer xo‘jaligida joylashgan quvvati 1000 tonna sig‘imli sovutgichda o‘rganilgan bo‘lib, mahsulotni mahsus idishlarda 6-8 kg hajmda sovutgich omborxonalariga saqlash joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 21 dekabrda 02/029-5087-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan ishlanma asosida xo‘jalikda an’anaviy saqlash usuliga nisbatan sifati yuqori bo‘lgan maxsulotni saqlashga erishilgan, iqtisodiy samaradorlikka erishilib, rentabellik darajasi 88 % ni tashkil etgan;
uzumning Taifi rozoviy navini sovutgichli omborxonada saqlashda xarorati 0,5-1,5 °S tushirish davomiyligini 6-16 soat etib belgilanganda Samarqand viloyati, Samarqand tumani “Tursunov Asrorxon bog‘lari” fermer xo‘jaligida, Buxoro viloyati Jondor tumani “Laziz Jo‘ra” fermer xo‘jaligida va Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani “Sharipov Qobil Qomiddinovich” fermer xo‘jaliklarida quvvati 800 tonna sig‘imli sovutgichda saqlangandagi ishlamasi saqlash uchun joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 21 dekabrda 02/029-5087-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan ishlanmalar asosida xo‘jaliklarda an’anaviy saqlash usuliga nisbatan sifati yuqori bo‘lgan maxsulot olishga erishilgan. Rentabellik darajasi esa 36 -88 % ni tashkil etgan.