Kamolov Nasimdjon Sharifboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy Tojikistonning pomir ekotipi qutoslari teri qoplamasining ekologik-morfologik xususiyatlari”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Ilmiy maslahatchilar: Muxiddinov Anvaridin Riyoziddinovich, biologiya fanlari doktori, professor, Yunusov  Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining Xudjand Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Xamdamov Xabibulo Oblakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoliy Tojikistondagi pomir ekotipi qo‘toslar teri qoplamasining postnatal ontogenezidagi ekologik va morfologik xususiyatlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Shimoliy Tojikiston sharoitidagi pomir ekotipi qo‘toslarining postnatal ontogenezida terining ekologik va morfologik xususiyatlari aniqlangan;
pomir ekotipi qo‘toslarini ko‘paytirish uchun Shimoliy Tojikiston baland tog‘li hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlari mosligi ilmiy asoslangan;
qo‘toslar terisining morfometrik xususiyatlari, ularning jadal o‘sish muddatlari va davrlariga mutanosib holda uning o‘rta qatlamining yupqalashish darajasi aniqlangan;
pomir ekotipi qo‘toslari postnatal ontogenezining turli fiziologik davrlarida terining morfologik, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari tajribalarda isbotlangan; 
Shimoliy Tojikiston qo‘toslari tanasining uchta topografik nuqtalarida terining morfologik, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlariga ekologik sharoitlarning ta’siri aniqlangan;
pomir ekotipi qo‘toslari tanasining uchta topografik nuqtalarida jun qoplamasining joylashish tartibi, tiplari, o‘lchamlaridagi farqlar ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Tojikiston pomir ekotipi qo‘toslari teri qoplamasining ekologik va morfologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Qo‘toschilik bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (Akademik M.S.Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universiteti Xujand politexnika institutining 2021 yil 19 oktyabrdagi Ilmiy-texnik kengashida tasdiqlangan). Mazkur tavsiyalar terini ishlab chiqarish, qayta ishlash korxonalari va qo‘toschilik xo‘jaliklarida yo‘l-yo‘riq sifatida keng foydalanilgan;
pomir ekotipi qo‘toslari terisining ekologik va morfologik xususiyatlari, tog‘li hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda qo‘toslarni ko‘paytirish Tojikiston Respublikasining baland tog‘ hududlaridagi qo‘toschilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 dekabrdagi dalolatnomasi). Buning natijasida pomir ekotipi qo‘toslari terisining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishi va terini qayta ishlash bo‘yicha yuqori samara olishga erishilgan;
pomir ekotipi qo‘toslari teri qoplamasining ekologik va morfologik xususiyatlari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari Sug‘d viloyati Tog‘li – Matcha tumanining «Rezgif» va B.Gafurov nomidagi naslchilik va fermer xo‘jaliklariga va Ayni tumanining «Rossiya» va «R.Asliddinov» ijara xo‘jaliklariga joriy etilgan (Tojikiston qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasining chorvachilik va yaylovlar institutining 2021 yil 24 dekabrdagi dalolatnomasi). Ushbu ma’luotlardan foydalanish natijada xo‘jaliklarda qo‘toslarni urchitish tizimi, ularni oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaxshilashga erishilgan; 
pomir ekotipi qo‘toslari postnatal ontogenezining turli fiziologik davrlarida terining morfologik, fizikaviy va kimyoviy ko‘rsatkichlari, ekologik va morfologik xususiyatlariga oid ilmiy ma’lumotlar biologiya, veterinariya, zoomuhandislik, chorvachilik mahsulotlari va xom-ashyolarini qayta ishlash sohalari bo‘yicha o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 dekabrdagi dalolatnomasi). Ushbu ilmiy ma’lumotlardan fundamental ilm-fan sifatida hayvonlarning anatomiyasi, gistologiyasi va evolyusion fiziologiyasi fanlari bo‘yicha o‘quv darsturlari va adabiyotlarini yaratishda foydalanish, ushbu fanlarni yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish