Yaqubov Azizbek G‘anibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish», 08.00.05-«Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti», 08.00.13-«Menejment» ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1520.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turdibekov Xasan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakana savdo korxonalari raqobatbardoshlik umumiy darajasining integratsion o‘sish sur’ati bo‘yicha yuqori (7.43 ball), diversifikatsiyalashuv darajasi bo‘yicha o‘rta (6.12 ball), ixtisoslashuv darajasi bo‘yicha quyi (4.54 ball) bog‘liqligini aniqlash asosida savdo xajmini oshiruvchi integratsiyalashgan tuzilma taklif etilgan;
chakana savdo korxonalari boshqaruv faoliyati bo‘yicha iste’molchilar xulq atvorini baholashga ko‘ra minimal (31 foiz), o‘rtacha (35 foiz), me’yoriy (41 foiz), barqaror (52 foiz) asosida raqobatbardoshlik darajasini oshirish modeli taklif etilgan;
Xorazm viloyati chakana savdo korxonalari faoliyatini rivojlantirishda ta’minot, assortiment, narxlashtirish, logistika, marketing, axborot, boshqaruv, nazorat va moliyalashtirish tizimlari bo‘yicha quyi (W=0.587 ball), o‘rta (W=0.648 ball) hamda yuqori (W=0.684) kelishuvchanlik darajasining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aholining demografik xususiyatlari hamda aholi jon boshiga daromadlarning chakana savdo aylanmasiga ta’sirini hisobga olgan holda savdo ob’ektlarini yiriklashtirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chakana savdo korxonalari raqobatbardoshlik umumiy darajasining integratsion o‘sish sur’ati bo‘yicha yuqori (7.43 ball), diversifikatsiyalashuv darajasi bo‘yicha o‘rta (6.12 ball), ixtisoslashuv darajasi bo‘yicha quyi (4.54 ball) bog‘liqligini aniqlash asosida savdo xajmini oshiruvchi integratsiyalashgan tuzilma bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 iyundagi 11/05-18-5750-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida chakana savdo korxonalarida optimal boshqaruv tizimini yaratish hamda raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan;
chakana savdo korxonalari boshqaruv faoliyati bo‘yicha iste’molchilar xulq atvorini baholash asosida minimal (31 foiz), o‘rtacha (35 foiz), me’yoriy (41 foiz), barqaror (52 foiz) raqobatbardoshlik darajasini oshirish modeli bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 iyundagi 11/05-18-5750-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida chakana savdo korxonalarining raqobat ustunliklari aniqlandi hamda strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyati chakana savdo korxonalari faoliyatini rivojlantirishda ta’minot, assortiment, narxlashtirish, logistika, marketing, axborot, boshqaruv, nazorat va moliyalashtirish tizimlari bo‘yicha quyi (W=0.587 ball), o‘rta (W=0.648 ball) hamda yuqori (W=0.684) kelishuvchanlik darajasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 iyundagi 11/05-18-5750-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda chakana savdo aylanmasi 3.4 foizga oshirish imkonini bergan;
aholining demografik xususiyatlari hamda aholi jon boshiga daromadlarning chakana savdo aylanmasiga ta’sirini hisobga olgan holda savdo ob’ektlarini yiriklashtirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 18 avgustdagi 71-12-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 iyundagi 11/05-18-5750-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni chakana savdo korxonalari faoliyatiga joriy qilinishi natijasida chakana savdo aylanmasi 2026 yilga borib 6.8 foiz oshishiga erishilgan.