Muzafarova Luiza Umarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bilim tuzilmalarining badiiy intertekstuallik ko‘lamida konseptuallashuvi (J.D.Selinjer asarlari misolida), 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1591.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Dilyaram Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Agzamova Dildora Baxadirjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konseptual birliklarning, bilim tuzilmalarining intertekstual badiiy makonda ifodalanish shakllari va voqelanish mexanizmlarining ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptual kognitiv birliklarning voqelanish makoni sifatida intermatnni shakllantiruvchi kognitiv-stilistik vositalar hamda milliy-madaniy xususiyatga ega bo‘lgan “kuchli” presedent matnlarning bevosita va bilvosita turli kontekstlarda namoyon bo‘ladigan konseptual-badiiy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
badiiy (inter-)tekstual makonda mavhumlikning turli darajasini namoyon qiladigan konseptual birliklari shakllanishining mantiqiy asosga ega induktiv va deduktiv mexanizmlari hamda mazkur birliklarni asar muallifi tomonidan to‘ldirilishini ta’minlovchi kognitiv-diskursiv omillar isbotlangan;
presedent matnlarning kognitiv bilim tuzilmalari shaklida lisoniy-tafakkur faoliyati jarayonida voqelanadigan konseptuallashtirilishi va intertekstual aloqalar - iqtiboslar, ishoralar (allyuziya), parodiyalar orqali faollashuvi dalillangan;
badiiy matndagi metaforik integratsiya bosqichlari hamda bu jarayonga turtki beruvchi mexanizm sifatida badiiy tafakkur mahsuli bo‘lgan trigger-metaforaning roli muhimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intertekstual makonda kognitiv birliklarning faollashuv xususiyatlarini o‘rganish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
milliy-madaniy xususiyatga ega bo‘lgan “kuchli” presedent matnlarning konseptual-badiiy ko‘rsatkichlariga oid xulosalardan Ruminiya Oradeya universitetida bajarilgan "The analyse and generation of the models and politics for regional development based on valorisation of heritage and cultural identities", Programme 1 - Development of national research-development system, PN-III-P1-1.2-PCCDI-2017-0686 loyihasi doirasida foydalanilgan (Ruminiya Oradeya Universitetining 2022 yil 23 maydagi 28/2017-0686-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy merosning ijtimoiy maqomini belgilash va targ‘iboti borasidagi ma’lumotlar to‘plami boyitilgan;
badiiy makonda mavhumlikning turli darajasini namoyon qiladigan kognitiv birliklarining shakllanish xususiyatlarini aniqlash borasida olingan natijalardan Samarqand davlat tibbiyot universitetida amalga oshirilgan 5436012000264 "Innovatsion xulq-atvor psixologiyasi: innovatsion shaxsni shakllantirish. Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-gumanitar muammolari" nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 25 maydagi 11620-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu birliklar nafaqat universal, balki shaxsiyatga oid parametrlar xususida to‘liq ma’lumot olishga ko‘mak beruvchi individual (mualliflik) unsurlarni ham o‘z ichiga olishini aniqlash imkoni yaratilgan;
presedent matnlarning kognitiv bilim tuzilmalari shaklida ongda konseptuallashtirilishi hamda ularning iqtibos, ishora (allyuziya), parodiya kabilar orqali voqelanishiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqi TEMPUS dasturlari doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPSR Aston University DeTEL "Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes" Tempus loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 19 maydagi 1264/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘rganayotgan magistratura talabalarining yozma matnni tushunish malakasini oshirish maqsadida badiiy matnni tahlil qilish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
badiiy matndagi metaforik integratsiya bosqichlarining kechishi hamda, bu jarayonning muhim mexanizmi sifatida trigger-metaforaning roli haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519: “Kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslarning veb-ilovasi uchun dasturiy ta’minotni yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 19 maydagi 1263/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual resurslar shakllanishining dastlabki bosqichida trigger-metaforaning roli aniqlangan hamda metaforik blending tahlil qilish algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan;
badiiy intertekstual makonning mazmun jihatlarini boshqa semiotik tizimlar nuqtai nazaridan ifodalash imkoniyatiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5: “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 19 maydagi 1262/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus o‘quv fani doirasida adabiy asarni filologik tahlil qilish algoritmi takomillashtirilgan.