Narbaev Temur Turaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Bolalarda anorektal malformatsiyaning oqmali shakllarida birlamchi-radikal operatsiyalarni takomillashtirish", 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.dsc/tib250.
Ilmiy rahbar: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.12.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Smirnov Aleksey Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D. Asfendiyarov nomidagi Kozoqiston Milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Birlamchi-radikal aralashuvlar usulini tanlash orqali bolalarda ARMning oqmali shakllarini jarrohlik yuli bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anorektal malformatsiyaning pastki oqmali shakllari uchun modifikatsiyalashtirilgan yangi oraliq proktoplastika operatsiya usuli ishlab chiqilgan;
bolalarda anorektal malformatsiyada oraliq va qorin-oralik proktoplastika operatsiyalardan keyingi qoniqarsiz natijalar soni va sabablarini baholash, hamda neoanusning funksional holatini aniqlash takomillashtirilgan;
bolalarda anorektal malformatsiyaning oqmali shakllarida ichak atreziyasi, okma, qo‘shni organlarning morfologik manzarasiga va xamroh anomaliyalariga qarab jarrohlik taktikasiga differensial yondashuvi, hamda preventiv kolostomiya zarurati samaradorligi asoslangan;
anorektal malformatsiyani oqmali shakllarini birlamchi-radikal operatsiyalarni takomillashtirishga qaratilgan jarrohlik usulini tanlash va reabilitatsiya tadbirlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda anorektal malformatsiyaning oqmali shakllarida birlamchi-radikal operatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalarda anorektal malformatsiyaning pastgi oqmali shakllarini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijlari asosida ishlab chiqilgan "Bolalarda anorektal malformatsiyaning pastgi oqmali shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 apreldagi 8n-r/160-son ma’lumotnomasi). Amalga oshirish natijalari operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrda asoratlar sonini, residiv va reoperatsiyalar sonini kamaytirish, kasalxonaga yotqizish va reabilitatsiya davomiyligini kamaytirish imkonni bergan.
anorektal malformatsiyasi bo‘lgan bolalarda reabilitatsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijlari asosida ishlab chiqilgan "Anorektal malformatsiyasi bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya choralari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 apreldagi 8n-r/161-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar nogironlik darajasini pasaytirish va bolalarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorlik shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va bemorni kasalxonada davolash xarajatlarini kamaytirish imkonni bergan.
Bolalarda anorektal malformatsiyaning oqmali shakllarida birlamchi-radikal operatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliyotiga, jumladan, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga, Toshkent shahri, 2-sonli shaxar klinik bolalar xirurgik shifoxonasi amaliyotiga bolalarda anorektal nuqsonlar bo‘yicha birlamchi-radikal operatsiyalarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari kiritildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 maydagi 8n-d/122-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali operatsiyadan keyingi asoratlar, residiv va reoperatsiyalarning sonining 3 baravar pasayishi, yotoq kunlari va reabilitatsiya davomiyligini o‘rtacha 5,0 kunga qisqarish, davolanish xarajatlarini 2 baravar kamaytirish imkonini bergan.