Primov Farxod Abdijabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlari huquq va manfaatlarini ma’muriy-huquqiy himoya qilish mexanizmini takomillashtirish», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2PhD/Yu62.
Ilmiy rahbar: Muxamedov O‘tkirbek Xazratqulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori; Tul`teev Ilyas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik sub’ektlari huquq va manfaatlarini ma’muriy-huquqiy himoya qilish mexanizmining samaradorligini oshirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilash asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik sohasidagi ma’muriy-huquqiy javobgarligini yanada liberallashtirish maqsadida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning belgilangan tartibini buzganlik uchun basharti etkazilgan zararning o‘rnini qoplagan va bir oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi normalarni kiritish asoslangan;
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida ma’muriy boshqaruv jarayonining beg‘arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini ta’minlash bo‘yicha qoidalarni kiritish asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini yanada kengaytirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilash asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlari huquq va manfaatlarini ma’muriy-huquqiy himoya qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
tadbirkorlik sub’ektlari huquq va manfaatlarini kompleks ma’muriy-huquqiy himoya qilish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»giO‘RQ–391-sonli qonunining 7-moddasi 10-bandiga binoan MJtKning XVI1 bobi (Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 24 fevraldagi 06/1-05/301 vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish va kafolatlashning ma’muriy-huquqiy asoslarining yanada takomillashuviga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik sohasidagi ma’muriy-huquqiy javobgarligini liberallashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»giO‘RQ–418-sonli qonunining 3-moddasi 2-bandiga binoan MJtKning 176-moddasini yangi tahrirda bayon etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 24 fevraldagi 06/1-05/301 vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik sub’ektlarining ma’muriy-huquqiy javobgarligini yanada liberallashtirishga xizmat qilgan;
«Korrupsiya» va «Korrupsion huquqbuzarlik» tushunchalarini ishlab chiqish hamda tadbirkorlik sohasidagi ruxsat berish, kelishish, tadbirkorlik faoliyatini tekshirish, ularga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish kabi masalalar barcha uchun istalgan paytda tanishib chiqish imkonini beradigan ochiq shaklda amalga oshirilishi hamda tadbirkorlik sohasidagi ma’muriy tartib-taomillar shaffofligi ta’minlanishi lozimligi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ–418-sonli qonunining 3-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari va 22-moddasi birinchi qismi birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 24 fevraldagi 06/1-05/301 vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar tadbirkorlik faoliyati sohasidagi korrupsion omillarni bartaraf etishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.