Izatillaev Ibroimjon Raxmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Perforatsiyalangan o‘n ikki barmoqli ichak yarasi jarrohligida pilorus saqlovchi duodenoplastikaning o‘rni va joyi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2157. 
Ilmiy rahbar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sarvar Pulatovich, tibbiyot fanlari doktori; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: diagnostika va davolash algoritmlarini, shuningdek, pilorussaqlovchi usullarni va yarani kesib olish xamda duodenoplastika qilish tashrixining texnik jihatlarini takomillashtirish orqali o‘n ikki barmoqli ichakning teshilgan yaralarini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashrixdan keyingi asoratlarning yuqori chastotasi, shuningdek, uzoq muddatdagi qoniqarsiz natijalar tufayli pilorik sfinkterning yaxlitligi buzilishi bilan piloroduodenal yaralarni kesib olishning nisbatan past samaradorligi aniqlangan;
piloroduodenal yaralarni pilorik sfinkterni saqlagan holda kesib olish va duodenoplastika qilish usuli hamda uning texnik jihatlari takomillashtirilgan;
piloroduodenal yarani kesib olish va pilorus saqlovchi duodenoplastika qilish, shuningdek, Djadd-Tanake, Geyneke-Mikulich va Finney bo‘yicha piloroduodenoplastika qilishda me’daning sekretor va motor-evakuator funksiyalarini o‘rganish orqali gastroduodenal kompleksning funksional holatining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
pilorus saqlovchi duodenoplastikaning takomillashtirilgan usullari va texnik jihatlarini, shuningdek tashxisot va davolash algoritmlarini ishlab chiqish va joriy etish orqali xirurgik taktikani optimallashtirish piloroduodenal yaralarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘n ikki barmoqli ichakning teshilgan yaralarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«O‘n ikki barmoqli ichakning teshilgan yaralarida pilorus saqlovchi duodenoplastikaning takomillashtirilgan usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 08-30392-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar me’daning motor-evakuator funksiyasini funksional xususiyatli buzilishlari chastotasini 6,9% ga, duodenogastral reflyuksni 13,7% ga, demping sindromini - 11,6% ga va diareyani 2,6% ga, shu bilan birga, umumiy asoratlar chastotasini 22,4% ga kamaytirish imkonini bergan; 
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon va Namangan filiallariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 08-30392-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish pilorik sfinkterning “ko‘p qirrali” funksiyasining yaxlitligini buzmasdan patologik substratni olib tashlash va eng fiziologik sharoitlarda me’daning drenajlash funksiyasini tiklash, shuningdek, ishlab chiqilgan tashxisot va davolash algoritmlari teshilgan o‘n ikki barmoqli ichak yarasida xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish