Imamov Azizxon Avazxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “1920–1930-yillar O‘zbekiston rangtasvirida portret janrining shakllanish xususiyatlari”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/San98.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nigora Raximovna, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019. San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Umarov Dildora Baxtiyarovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1920–1930-yillar O‘zbekiston rangtasvirida portret janrining shakllanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshida O‘zbekiston rangtasvirining shakllanishini belgilab bergan Evropa tipidagi san’at turlarini o‘zlashtirish jarayoni va buning natijasida jamiyatda umumbashariy asosga ega yangi madaniy-estetik ongning rivojlanishi sababli portret janri zamonaviy shaxs konsepsiyasini aks ettiruvchi yetakchi badiiy vositalardan biri sifatida xizmat qilgani dalillangan;
rangtasvirda davr qahramonlarini yoritish vazifasining aktuallashuvi hamda avangard oqimlari, xalq madaniy merosi bilan bog‘liq formal-stilistik izlanishlar rivoj topgani tufayli portret janrida yangi obrazlar tipologiyasini aks ettiruvchi hur ayollar, dala mehnatkashlari, ishchi va ziyolilarning umumlashtirilgan timsollari yuzaga kelgani, unda monumental-dekorativ tendensiya ustuvorlik qilgani aniqlangan;
portret janrida Evropa Renessansi, ikona san’ati va Markaziy Osiyo miniatyurasi an’analariga murojaat qilinishi sababli Sharq va G‘arb san’atidagi mumtoz an’analarni uyg‘unlashtirgan retrospektiv tendensiya paydo bo‘lgani, uning shakllanishida mahalliy xalq vakillarining ideallashtirilgan obrazini yaratish bilan bog‘liq stilizatsiyalangan hamda falsafiy-poetik yondashuvlar yetakchilik qilgani dalillangan;
portret janrida realizm va impressionizm tendensiyalarining ustuvor ahamiyat kasb etishi siyosiy-mafkuraviy omillar bilan bog‘liqligi sababli, ularning tadrijiy rivoji 1930-yillardan boshlangani, portretda zamondoshlarning haqqoniy obrazini ochib berishga qaratilgani, ushbu tendensiyalar milliy rangtasvir maktabining keyingi taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynagani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1920–1930-yillar O‘zbekiston rangtasvirida portret janrining shakllanish xususiyatlari mavzusida olib borilgan tadiiiot natijalari asosida:
XX asr boshida O‘zbekiston rangtasvirining shakllanishini belgilab bergan Evropa tipidagi san’at turlarini o‘zlashtirish jarayoni va buning natijasida jamiyatda umumbashariy asosga ega yangi madaniy-estetik ongning rivojlanishi sababli portret janri zamonaviy shaxs konsepsiyasini aks ettiruvchi yetakchi badiiy vositalardan biri sifatida xizmat qilgani dalillangan ilmiy natijalar 2019 yilda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida «Tarixiy savol» ko‘rsatuvining turkum sonlarini, xususan, «Tarixiy shaxslarning portretini yaratish muammolari» mavzusidagi maxsus soni uchun ssenariy tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O`zbekiston» teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2019 yil 3 dekabrdagi 02-40-2524-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarda O‘zbekiston rangtasvirida tarixiy shaxslar portretini yaratish muammolari to‘g‘risida keng ma’lumotga ega bo‘lishi, yoshlarning badiiy-estetik tarbiyasini yuksalishi uchun xizmat qilgan;
portret janrida Evropa Renessansi, ikona san’ati va Markaziy Osiyo miniatyurasi an’analariga murojaat qilinishi sababli Sharq va G‘arb san’atidagi mumtoz an’analarni uyg‘unlashtirgan retrospektiv tendensiya paydo bo‘lgani, uning shakllanishida mahalliy xalq vakillarining ideallashtirilgan obrazini yaratish bilan bog‘liq stilizatsiyalangan hamda falsafiy-poetik yondashuvlar yetakchilik qilgani dalillangan ilmiy natijalar 2021 yilning 19-23 aprel` kunlari o‘tgan Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida tashkil etilgan seminarda, 2022 yilning 24 may kuni o‘tkazilgan «Zamonaviy san’at muammolari va istiqboli masalalari yosh olimlar nigohida» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida va «San’at» jurnalini sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 5 avgustdagi ID30873026-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh olimlar, rassomlar va san’atshunoslar, Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchi va o‘qituvchilarining O‘zbekiston rangtasvirida portretning shakllanishi, unda umumbashariy hamda milliy badiiy an’analarning roli bo‘yicha bilim va tajribalari kengayishiga, matbuotda milliy portret mavzusiga oid dolzarb masalalar izchil yoritilishiga xizmat qilgan;
rangtasvirda davr qahramonlarini yoritish vazifasining aktuallashuvi hamda avangard oqimlari, xalq madaniy merosi bilan bog‘liq formal-stilistik izlanishlar rivoj topgani tufayli portret janrida yangi obrazlar tipologiyasini aks ettiruvchi hur ayollar, dala mehnatkashlari, ishchi va ziyolilarning umumlashtirilgan timsollari yuzaga kelgani, unda monumental-dekorativ tendensiya ustuvorlik qilgani aniqlangan ilmiy natijalar O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi uchun targ‘ibot materiallarini tayyorlashda, milliy rangtasvir ekspozisiyasini takomillashtirish hamda muzey kolleksiyasida saqlanayotgan noyob portretlarni ilmiy jurnallarda yoritishda bevosita foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 13 oktyabrdagi 01-01/3245-son ma’lumotnomasi). Natijalar “1920–1930-yillar O‘zbekiston rangtasvirida yangi davr qahramonlari” nomli ilmiy-ommabop mavzudagi elektron rolik ishlanishiga, tadqiqot jarayonida olingan yangiliklar ilmiy jurnallarda chop etilib, rassomlar va san’atshunoslar, yosh tadqiqotchilarga O‘zbekiston rangtasvirida portret janrining shakllanishi to‘g‘risida keng ma’lumot olishi uchun xizmat qilgan.