Nurullaeva Sarvinoz Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlar stilizatsiyasi va metaforizatsiyasi”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil910.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidahmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlar stilizatsiyasi va metaforizatsiyasining asoslari, ko‘rinishlari, an’anaviyligi hamda hozirgi taraqqiyot belgilari, vosita va usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotda metaforizatsiya, stilizatsiya, mifologizatsiya hodisalarining badiiy matndagi nutqiy-hissiy mohiyati, badiiy ko‘chim yangilanishini ta’minlashdagi estetik vazifasi va ahamiyati distributiv asoslangan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlar tasviri va talqiniga xos ko‘chim, nutqiy ekspressivlik kabi lingvopoetik xususiyatlar, obraz yaratishdagi tasviriylik, emotsionallik, haqqoniylik kabi badiiy-uslubiy imkoniyatlar ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlarni qo‘llashning etnik, diniy, tarixiy-tradision, kommunikativ ijtimoiy-psixologik asoslari, taraqqiyot xususiyatlari asosida davr voqeliklari, davr kishilarining, yangi turmush predmetlarining mifologik obrazlar vositasida berilishi aniqlangan;
mifologik tafakkurning kognitiv, nutqiy, stilizatsion omillar asosida badiiy-estetik tafakkurga ko‘chganligi mumtoz, jadid, hozirgi adabiyotda qo‘llanib kelayotgan mifologik obrazlar metaforizatsiyasi va stilizatsiyasi orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlarning stilizatsiya va metaforizatsiya qilinishini yoritish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
adabiyotda metaforizatsiya, stilizatsiya, mifologizatsiya hodisalarining badiiy matndagi nutqiy-hissiy mohiyati, badiiy ko‘chim yangilanishini ta’minlashdagi estetik vazifasi va ahamiyati distributiv asoslangan ilmiy xulosalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning qoraqalpoq she’riyatiga xos janriy, timsoliy jihatlar o‘zbek she’riyatidagi ushbu masalalar bilan qiyosiy tadqiq etilgan qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 fevral` 26/01-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy she’riyatda mifologik obrazlarning ramziy-timsoliy talqini orqali ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ifodalangani aniqlangan;
mifologik tafakkurning kognitiv, nutqiy, stilizatsion omillar asosida badiiy-estetik tafakkurga ko‘chganligi mumtoz, jadid, hozirgi adabiyotda qo‘llanib kelayotgan mifologik obrazlar metaforizatsiyasi va stilizatsiyasi orqali dalillangan nazariy xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 yy) mavzusidagi fundamental loyihaning og‘zaki va yozma adabiyotda mifologik obrazlar tasviri va talqiniga xos badiiy-uslubiy imkoniyatlarni o‘rganishga doir qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 8 fevral` 26/01-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlar tasviri va talqinidagi badiiy-tadrijiy jarayonga oid xulosalar chiqarish imkonini bergan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlar tasviri va talqiniga xos ko‘chim, nutqiy ekspressivlik kabi lingvopoetik xususiyatlar, obraz yaratishdagi tasviriylik, emotsionallik, haqqoniylik kabi badiiy-uslubiy imkoniyatlar ochib berilgan ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Adabiy muhit», «She’riyat gulshani», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 apreldagi 1/117-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, muxlislarning zamonaviy o‘zbek she’riyati haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga, ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik bilimlarini oshirishga erishilgan.
zamonaviy o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlarni qo‘llashning etnik, diniy, tarixiy-tradision, kommunikativ ijtimoiy-psixologik asoslari, taraqqiyot xususiyatlari asosida davr voqeliklari, davr kishilarining, yangi turmush predmetlarining mifologik obrazlar vositasida berilishi aniqlangan fikr va qarashlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi «Nilufar» adabiy to‘garagi, viloyat umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan adabiy to‘garaklar mashg‘ulotlarida, zamonaviy o‘zbek she’riyati namoyandalari ijodini o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2021 yil 6 oktyabrdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur to‘garaklar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ularning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, o‘quvchilarning zamonaviy o‘zbek she’riyati haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga erishilgan.