Yuldashev Akmal Gulamjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilda olam haqidagi bilimlar ikkilamchi interpretatsiyasining antropotsentrik mohiyati”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil368.
Ilmiy rahbar: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 (bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Rahimov G‘anisher Xudaykulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybullo Kulmuratovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tilda olam haqidagi bilimlar ikkilamchi interpretatsiyasining antropotsentrik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklarning antropotsentrik mohiyati olam haqidagi bilimning ikkilamchi interpretatsiyasi hosilasi ekanligi yasama va qo‘shma so‘zlarning konseptual belgilarini ochib berish orqali isbotlangan;
ikkilamchi interpretatsiya hosilasi sifatida ma’nosi ko‘chimga uchragan til birliklarining konseptual ma’nosi ushbu birliklarning derivatsion xususiyatlari bilan bog‘liqligi konseptual maydon hamda konseptual integratsiya nazariyalari asosida isbotlangan;
so‘z yasalishi kognitiv asosining shakllanishida konseptual metafora, konseptual metonimiya hamda metaftonimiya kabi kognitiv mexanizmlarning faolligi ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklarning kognitiv modellarini ishlab chiqish orqali dalillangan;
ko‘chma ma’noli qo‘shma so‘zlarning qorishiq mental maydondagi konseptual mohiyati umumiy mental maydon hamda hamkor mental maydonlarda faollashgan konseptual, ramziy hamda assotsiativ ma’nolarining konseptual integratsiyasi asosida ochib berilgan;
ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklarni kognitiv modellashtirish tub so‘zlarni maqsad-manba maydon hamda vosita-manba maydonga ajratish, yasama so‘zlarni atomar kesimlarini aniqlash hamda qo‘shma so‘z komponentlarini mental maydonlarga biriktirish orqali amalga oshishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilda olam xaqidagi bilimlar ikkilamchi interpretatsiyasining antropotsentrik mohiyatini tadqiq etish jaraѐnida olingan natijalar asosida:
ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklarning antropotsentrik mohiyati olam haqidagi bilimning ikkilamchi interpretatsiyasi hosilasi ekanligi yasama va qo‘shma so‘zlarning konseptual belgilarini ochib berishga qaratilgan xulosalardan Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining F1-G003 raqamli “Hozirgi zamon qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 14 sentyabrdagi 345/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan so‘z yasalishining kognitiv asosini aniqlashga xizmat qilgan;
ikkilamchi interpretatsiya hosilasi sifatida ma’nosi ko‘chimga uchragan til birliklarining konseptual ma’nosining ushbu birliklarning derivatsion xususiyatlari bilan bog‘liqligiga oid xulosalardan Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 14 sentyabrdagi 345/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada fol`klorga oid bo‘lgan leksik birliklarning orasida ko‘chma ma’noli leksemalarning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
so‘z yasalishi kognitiv asosining shakllanishida konseptual metafora, konseptual metonimiya hamda metaftonimiya kabi kognitiv mexanizmlarning faolligi ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklarning kognitiv modellariga oid natijalardan Mexiko shtatining Avtonom universiteti tomonidan tashkil etilgan onlayn kurs mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Mexiko shtati Avtonom universitetining 2022 yil 11 maydagi 851-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot tinglovchilarga ko‘chma ma’noli til birliklarining konseptual hamda milliy-madaniy xususiyatlarini yanada chuqurroq idrok etishga xizmat qilgan;
ko‘chma ma’noli qo‘shma so‘zlarning qorishiq mental maydondagi konseptual mohiyati umumiy mental maydon hamda hamkor mental maydonlarda faollashgan konseptual, ramziy hamda assotsiativ ma’nolarining konseptual integratsiyasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining bir qator yosh shoir va yozuvchilarining she’riy va nasriy asarlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 01-03/1148-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqotda tahlilga tortilgan o‘zbek tilidagi ma’nosi ko‘chimga uchragan til birliklaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishlarini ta’minlashda ijodkorlarga yaqindan yordam bergan;
ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan leksik birliklarni kognitiv modellashtirish tub so‘zlarni maqsad-manba maydon hamda vosita-manba maydonga ajratish, yasama so‘zlarni atomar kesimlarini aniqlash hamda qo‘shma so‘z komponentlarini mental maydonlarga biriktirishga oid xulosalardan ITD-1 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihada “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 15 sentyabrdagi 23/57-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot materiallari mazkur amaliy loyiha bo‘yicha lug‘at va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga erishilgan;
ko‘chma ma’noli onomastik birliklar tarkibidagi yasama so‘zlarning konseptual tahlilining atomar kesimlar asosida aniqlanishiga oid natijalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik ob’ektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘ati” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 12 sentyabrdagi 01/562-son ma’lumotnomasi). Natijada geografik nomlarda uchraydigan ko‘chma ma’noli antroponimlarni izohlashda nazariy manba sifatida qo‘llanilgan.