Azizov Nasimbek Abdumuxtorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada ish yuritish tartibini takomillashtirish”, 12.00.04–Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu745.
Ilmiy rahbar: Esanova Zamira Normurotovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Xabibullaev Davlatjon Yulchiboevich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada ish yuritish tartibiga oid munosabatlarning huquqiy tartibga solinishidagi muammolarni hal qilishga hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida da’vodan voz kechish mumkinligi, sud hujjatlari ustidan protest keltirish muddati va tartibini sud hujjatining xulosa qismida belgilash hamda protsessual muddat ajratilgan yoki birlashtirilgan ishlarga qachondan boshlab hisoblanishi asoslab berilgan;
chet davlat vakolatli sudining hal qiluv qarori mavjudligi ish yuritishni tugatishga asos bo‘lishi hamda chet davlat sudlarining va arbitrajlarining qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalarini IPKda aks ettirish zarurligi asoslantirilgan;
sud majlisini audio- yoki videoyozuvga qayd etish tartibi hamda ushbu holatdagi sud majlisi bayonnomasi tuzish masalasini iqtisodiy protsessual qonunchilikda aks ettirilishi zarurligi asoslantirilgan;
xolislikni to‘liq ta’minlash maqsadida birinchi instansiya sudi bilan apellyasiya instansiyasi sudini alohida sudlar sifatida ajratish maqsadga muvofiqligi hamda sud amaliyotida nafaqat qonunlar, balki qonunosti hujjatlarida ham nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan hollarda unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanishi asoslab berilgan;
boshqa bir ish bo‘yicha berilgan ekspert xulosasi sudda ko‘rilayotgan boshqa ish bo‘yicha “ekspert xulosasi” maqomini olmasligi to‘g‘risida va ushbu ekspert xulosasi boshqa dalillar bilan bir qatorda dalil sifatida o‘rganib chiqilishi to‘g‘risida hamda hujjatlar soxtalashtirgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlarda sud o‘z tashabbusi bilan ekspertiza tayinlashi bo‘yicha sudlarga tushuntirish berilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
har qanday sud bosqichida da’vodan voz kechishi imkonini berish to‘g‘risida taklif IPKning 157-moddasida, chet davlat vakolatli sudining hal qiluv qarori mavjudligi ish yuritishni tugatishga asos bo‘lish to‘g‘risidagi qoida IPKning 110-moddasida, chet davlat sudlarining va arbitrajlarining qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalari kodeksda tartibga solinishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklif IPKning 33-bobida, sud hujjatlari ustidan protest keltirish muddati va tartibini belgilash haqidagi takliflar IPKning 179, 196-moddalarida, sud majlisini audio- yoki videoyozuvga qayd etish, bunda sud majlisi bayonnomasini yuritish tartibi IPKning 201 va 203-moddalarida, xolislikni to‘liq ta’minlash maqsadida birinchi instansiya sudi bilan apellyasiya instansiyasi sudini alohida sudlar sifatida ajratish bo‘yicha takliflar IPK normalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 2 sentyabrdagi 08/UM-477-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar iqtisodiy sudlarda ish yuritish tartibini takomillashtirishga, odil sudlov faoliyatini ilmiy asoslarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
sud amaliyotida qonunosti hujjatlarida nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan hollarda unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanishini belgilash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.05.2019 yildagi “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 13-son qarori 3-bandida, boshqa bir ish bo‘yicha berilgan ekspert xulosasi sudda ko‘rilayotgan boshqa ish bo‘yicha “ekspert xulosasi” maqomini olmasligi to‘g‘risida va ushbu “ekspert xulosasi” boshqa dalillar bilan bir qatorda dalil sifatida o‘rganib chiqilishi, hujjatlar soxtalashtirgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlarda, sud o‘z tashabbusi bilan ekspertiza tayinlashi bo‘yicha tushuntirish berish bo‘yicha taklif Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014 yil 20 iyundagi 261-son qarori 3, 16 va 21-bandlarida, protsessual muddat ajratilgan yoki birlashtirilgan ishlarga qachondan boshlab hisoblanishi bo‘yicha tushuntirish berilishi to‘g‘risidagi taklif Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2015 yil 19 iyundagi 283-son qarori 3 va 16-bandlarida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 2 sentyabrdagi 08/UM-476-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llashlariga oid tushuntirishlar berilishiga, amaliyotni takomillashtirishga va birxillashtirishga qaratilgan.