Axmedov Maqsud Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qovushoq-elastik muhit bilan kontaktda bo‘lgan silindrik qobiqning erkin va majburiy tebranish xususiyatlari (Svoystva svobodnix i vinujdennix kolebaniy silindricheskoy obolochki, kontaktiruyushhey s vyazkouprugoy sredoy)», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM18
Ilmiy rahbar: Teshaev Muxsin Xudoyberdievich fizika-matematika fanlari doktori, (DSc)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:
Mavlonov To‘lqin Mavlonovich texnika fanlari doktori, professor;
Ismayilov Kubaymurat texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - dinamik yuklanish ta’sirida bo‘lgan qovushoq-elastik muhit bilan kontaktda bo‘lgan doirasmon ko‘ndalang kesim yuzali silindrik inshootlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholashga qaratilgan algoritmni ishlab chiqish va hisoblash usullariini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deformatsiyalanuvchan muhitda joylashgan silindrik qobiqqa bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar yuklanganda hosil bo‘ladigan kuchlanish- deformatsiya holatini, xos tebranishlar kompleks chastotalari va formalarini materiallarning qovushoqlik xossalarini hisobga olgan holda aniqlash metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
to‘lqin uzunligining oralig‘ida silindrik qobiqqa tushadigan maksimal dinamik bosim statik bosimdan 12%-15% ko‘p bo‘lishi, shartda esa silindrik qobiqqa tushadigan maksimal dinamik bosim kamayib statik bosimga yaqinlashib borishi topilgan.
muhitning inersiyasi hisobga olinmasa (Vinkler asosi) birinchi chastotaning qiymati 20% gacha, ikkinchi chastotaning qiymati 5-10% gacha oshishi, hamda uchinchi chastotaning qiymati amalda o‘zgarmasligi aniqlangan;
maksimal normal kuchlanishlar konsentratsiyasi uzun to‘lqinlar sohasida sirpanuvchi kontaktda to‘liq kontaktga qaraganda 20% gacha ko‘p bo‘lishi, urinma kuchlanish esa to‘lqin soniga nisbatan nomonoton o‘zgarishi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotdagi dinamik kuchlar ta’sirida elastik va qovushoq-elastik muhitlarda joylashgan silindrik qobiqlarning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullari algoritm bo‘yicha olingan natijalar asosida:
integro–differensial tenglamalarda relaksatsiya yadrolarni topishda (teskari masala) klassik yadrolardan foydalanib, analitik echish usullari yordamida topilgan yadrolarni solishtirishda Buxoro davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F4–02–«Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi» (2022 yil 26 avgustdagi 01-04/01-1505- sonli ma’lumotnoma) fundamental loyihasida foydalanilgan. Natijada topilgan relaksatsiya yadrosi va klassik yadro parametrlari orasidagi farq 15% dan oshmasligi aniqlangan;
yirik qon tomirlar devorlarining elastikligini va o‘tkazuvchanligini hisobga olgan holda gidrodinamik qarshiliklarni aniqlashda Urganch davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT – F4–04(05) "Spektral usulni matrisaviy nochiziqli evolyusion tenglamalarni echishda tatbiqlari; Yurak qon tomir tizimi biomexanikasi" mavzusidagi (2022 yil 19 avgustdagi 01-184/15-sonli ma’lumotnoma) fundamental loyihada foydalanilgan. Natijada bu kompleks kattaliklardan iborat bo‘lgan xos sonlarning kompleks tekislikda joylashishi va ularga mos keluvchi xos vektorlarga baho berish imkoniyati yaratilgan.