Yunusxodjaeva Xayrinisa Mallaevnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Maxsus maqsadlar uchun ergonomik kiyimlarni loyhalash usulini “eng o‘mizi-eng” konstruksiyasini hisobga olgan holda takomilashtirish” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2924
Ilmiy rahbar: Kamilova Xolida Hafizovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: «Harbiy xizmatchilar uchun kurtka bazaviy modeli » (№IAP 06813).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “eng-o‘miz” tuguni konstruksiyasini hisobga olgan holda maxsus maqsadlar uchun ergonomik kiyimlarni loyhalashning takomilashtirilgan usulini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchilar uchun ishlab chiqilgan maxsus kiyimning qulayligini ta’minlovchi ergonomik va dinamik muvofiqligining asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan qo‘lni yon tomonga, yuqoriga, oldiga ko‘tarish, gavdani turli tomonga engashish kabi holatidagi bir biriga mosligi yaratilgan maxsus ergonomik moslama yordamida aniqlangan;
maxsus kiyimning to‘lik faktorli tajriba o‘tkazish asosida eng qiyamasi baladligi, eng o‘mizi chuqurligi, yaxlit bichilgan xishtak balandligi, ergonomik konstruksiya kabi ratsional parametlari aniqlangan va ushbu faktorlarning dinamik muvofiqligi asosida o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
“eng-eng o‘mizi” tuguni konstruksiyasini inobatga olgan holda maxsus kiyimning eng qiyamasi baladligi, eng o‘mizi chuqurligi, yaxlit bichilgan xishtak balandligi kabi ko‘rsatgichlari asosida ergonomik ratsional konstruksiyasini yaratish usuli ishlab chiqilgan;
parallel ravishda o‘tkazilgan tajriba natijalarini matematik statistika qayta ishlash asosida xarbiy xizmatchilarning yetakchi o‘lchamidan biri bo‘lgan ko‘krak aylanasi bilan yaxlit bichilgan xishtakli konstruksiya parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ixtiroga olingan patent asosida harbiy xizmatchilar kurtkasining asos konstruksiyasi usuli “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi Toshkent shaxarning “DINA TEX” MChJda, Fargona viloyatining “NARIMTEKS” MChJda,Toshkent shaxarning “Jamstyle master” MChJda, Namangan viloyatining “IDEAL TEKSTIL ORZU” MChJda, xamda Toshkent viloyatining “KIN-21” IChda korxonalariga joriy qilingan. («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 16 iyun` 03/25-1917-son ma’lumotnomasi).Natijada harbiy xizmatchilar kurtkasi dizayni va tayyorlash texnologiyasini joriy etish, tejamkor joylashmani tayyorlash hamda xom ashyo harajatlarini kamaytirish evaziga kiyimni tayyorlashda mehnat sarfini 5% gacha qisqartirishga imkon yaratilgan.