Urinov Elmurod Murodjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aktiv videokuzatuv tizimlarida yuz tasviriga dastlabki ishlov berish algoritmlari», 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2080.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Hamroev Alisher Shodmonqulovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuz tasviri asosida shaxsni biometrik identifikatsiyalash tizimlariga uyushtiriluvchi soxta hujumlarni aniqlash algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tasvirning yorug‘lik intensivligi kam bo‘lgan kanali tahlili asosida «tuman» effektini kamaytirish algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘rtacha yorqinlik saqlangan holda gistogrammani tekislash orqali tasvir sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan;
turli tekislik burchaklari ostida aks etgan yuz sohalarini aniqlash uchun bosqichma-bosqich sozlashga asoslangan takomillashtirilgan neyron tarmoq modeli ishlab chiqilgan;
qisman okklyuziya holatidagi yuz tasvirini aniqlash uchun lokal belgilar fazosini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aktiv videokuzatuv tizimlarida yuz tasviriga dastlabki ishlov berish va xarakterlovchi belgilarini ajratish algoritmlari va dasturiy majmuasi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
kam yoritilganlik va noqulay ob-havo sharoitlarida olingan tasvirlar sifatini oshirish algoritmlari hamda turli tekislik burchaklari va qisman okklyuziya holatidagi yuz tasvirlarini aniqlashga mo‘ljallangan algoritmlar aosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tashqi videokuzatuv tizimlari uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 02-02/2-2667-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tasvirga olishning noqulay sharoitlarida tashkilotning nazorat qilinadigan hududga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni identifikatsiya qilish aniqligini 10% ga oshirildi;
kam yoritilganlik va noqulay ob-havo sharoitlarida olingan tasvirlar sifatini oshirish algoritmlari hamda turli tekislik burchaklari va qisman okklyuziya holatidagi yuz tasvirlarini aniqlashga mo‘ljallangan algoritmlar aosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani 45-maktabgacha ta’lim tashkilotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 02-02/2-2667-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tasvirga olishning noqulay sharoitlarida tashkilotning nazorat qilinadigan hududga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni identifikatsiya qilish aniqligini 10% ga oshirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish