Xolyigit Xolmurodovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy she’riyatida obraz-timsollar transformatsiyasi (Farhod va Shirin misolida)”. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1500.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qosimov Usmon, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy mumtoz she’riyati olamida keng tasvir etilgan adabiy obrazlar transformatsiyasi masalasini Farhod va Shirin timsollari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xamsachilikda an’anaviy “Xusrav va Shirin” motivining Alisher Navoiy ijodida “Farhod va Shirin”ga o‘zgartirilishi, shoir lirikasida Farhod va Shirin obrazlari mahsuldor badiiy timsol darajasiga ko‘tarilganligi va bu obrazlar orqali turfa poetik manzaralar yaratilganligi aniqlangan;
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida shoh – dunyo shohi, oshiq – Haq oshig‘i, ma’shuqa – Haq, raqib – nafs, do‘st – Habib, muhabbat – ilohiy ishq tarzida tavsiflanishi va bu hodisaning shoir she’riyatida rang-barang poetik ifodalarda talqin etishi ochib berilgan;
Alisher Navoiy lirik devonlarida Farhod va Shirin timsollari tranformatsiyasi, bu timsollar bajargan poetik funksiyalarning zohiriy va botiniy xususiyatlari g‘oyaviy-badiiy jihatlardan ochib berilgan;
Alisher Navoiy she’riyatida Farhod va Shirin timsollari orqali ifoda etilgan Besutun, Qof, dunyo, ko‘ngil, oshiq, g‘am tog‘i, tesha singari badiiy detallarning ramziy-majoziy ifodalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alisher Navoiy she’riyatida obraz-timsollar transformatsiyasi (Farhod va Shirin misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
xamsachilikda an’anaviy “Xusrav va Shirin” motivining Alisher Navoiy ijodida “Farhod va Shirin”ga o‘zgartirilishi, shoir lirikasida Farhod va Shirin obrazlari mahsuldor badiiy timsol darajasiga ko‘tarilganligi va bu obrazlar orqali turfa poetik manzaralar yaratilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 noyabrdagi 17.02/276-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasning fol`klorshunoslik va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq etishga bag‘ishlangan bobi manbalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida shoh – dunyo shohi, oshiq – Haq oshig‘i, ma’shuqa – Haq, raqib – nafs, do‘st – Habib, muhabbat – ilohiy ishq tarzida tavsiflanishi va bu hodisaning shoir she’riyatida rang-barang poetik ifodalarda talqin etishi borasidagi fikrlardan Jizzax viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “Navoiy –yoshlar nigohida”, “Bir asrning ikki buyuk dahosi”, “Buyuk siymolari barhayot vatan” kabi mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan (Jizzax viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limining 2022 yil 25 martdagi 01-40-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbir ishtirokchilarining Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida shoh – dunyo shohi, oshiq – Haq oshig‘i, ma’shuqa – Haq, raqib – nafs, do‘st – Habib, muhabbat – ilohiy ishq tarzida tavsiflanishi haqidagi bilimlari kengaygan;
Alisher Navoiy lirik devonlarida Farhod va Shirin timsollari tranformatsiyasi, bu timsollar bajargan poetik funksiyalarning zohiriy va botiniy xususiyatlari g‘oyaviy-badiiy jihatlar haqidagi qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 noyabrdagi 17.02/276-son ma’lumotnomasi). Natijada forsiy va turkiy adabiyotda Farhod va Shirin obrazlarining asrlar davomida keng miqyosda talqin etilishi, Alisher Navoiy she’riyatida bu obraz-timsollar orqali ifodalangan g‘oyaviy-badiiy masalalar tavsifi fundamental loyiha tadqiq doirasini kengaytirishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy she’riyatida Farhod va Shirin timsollari orqali ifoda etilgan Besutun, Qof, dunyo, ko‘ngil, oshiq, g‘am tog‘i, tesha singari badiiy detallarning ramziy-majoziy ifodalari borasidagi xulosalardan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining dasturlaridan joy olgan “Tarix tilga kirganda”, “Adabiyot darsi”, “Kitobxonlik madaniyati”, “Til borki-millat barhayot” ruknlaridagi ko‘rsatuv va eshittirishlarida foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 dekabrdagi 10-12/232-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv hamda eshittirishlarning mazmuni yangi ilmiy-adabiy manbalar bilan boyitilgani e’tirof etilgan.