Xamdamova Xanifaxon Shukurillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rustamxon” dostoni so‘z boyligi (leksikografik, funksional-semantik va lingvostilistik tahlil)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.Phd/2050.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Jumanazarova Guljahon Umirzakovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifaxon Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Rustamxon” dostoni so‘z boyligining leksikografik manbalari, lingvostatistik, funksional-semantik va stilistik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paremiologik birliklar (maqol-matal-naql)ning epik qahramonlar xarakter-xususiyatlarini ochib beruvchi uslubiy imkoniyatlarga egaligi va ularning funksional-semantik tabiati, ushbu birliklarning shaxslararo va guruhlararo milliy-ma’naviy, tarixiy-ijtimoiy, assotsiativ-psixologik munosabatlarning hosilasi ekanligi dalillangan;
“Rustamxon” dostonida toy, bo‘ta, bulbul, qo‘zi kabi jonivorlar nomlarini bildiradigan leksemalarning epik qahramonlarning o‘z farzandi, yaqin insonlari, qavm-qarindoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini ifodalashida ko‘chma ma’no kasb etganligi aniqlangan;
dostonda qo‘llanilgan gul, lola kabi o‘simliklarni, bog‘, gulzor, adir, tog‘ kabi o‘rin-joylarni, oy, oftob, yulduz kabi osmon jismlarini, erta, shom, bahor, kuz, qish kabi fasl va payt ma’nolarini, pari, cho‘ri, hur, farishta kabi epik qahramonlar nomlarini ifodalovchi metaforalar matnning obrazliligi, ifodaliligi, ta’sirchanligi, jozibadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganligi isbotlangan;
doston matnidagi bosh uzvli frazeologik birliklarning “qattiq jazolamoq” “ruhiy ezilmoq”, “uyalmoq” singari, “quloq” uzvli frazeologik birliklarning “amal qilmoq”, “hech kimga ma’lum bo‘lmagan”, “gap uqmaydigan” singari inson ruhiy holati, ichki his-tuyg‘ulari va kechinmalarini ifodalovchi konnotativ ma’nolari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Rustamxon» dostoni so‘z boyligi (leksikografik, funksional-semantik va lingvostilistik tahlil) bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
paremiologik birliklar (maqol-matal-naql)ning epik qahramonlar xarakter-xususiyatlarini ochib beruvchi uslubiy imkoniyatlarga egaligi va ularning funksional-semantik tabiati, ushbu birliklarning shaxslararo va guruhlararo milliy-ma’naviy, tarixiy-ijtimoiy, assotsiativ-psixologik munosabatlarning hosilasi ekanligi isbotlangan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik ob’ekt sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 avgustdagi 295/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy asoslanishiga hamda qiyosiy-tipologik ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan;
“Rustamxon” dostonida toy, bo‘ta, bulbul, qo‘zi kabi jonivorlar nomlarini bildiradigan leksemalarning epik qahramonlarning o‘z farzandi, yaqin insonlari, qavm-qarindoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini ifodalashida ko‘chma ma’no kasb etganligi haqidagi fikrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 avgustdagi 296/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida “Rustamxon” dostoni qoraqalpoq versiyasi jildini nashrga tayyorlashga, matn yuzasidan lug‘at tuzish va ilmiy izohlar yozishga, mazkur dostonning o‘zbek varianti bo‘yicha tuzilgan leksikografik manbalarni qiyoslashga erishilgan;
dostonda qo‘llanilgan gul, lola kabi o‘simliklarni, bog‘, gulzor, adir, tog‘ kabi o‘rin-joylarni, oy, oftob, yulduz kabi osmon jismlarini, erta, shom, bahor, kuz, qish kabi fasl va payt ma’nolarini, pari, cho‘ri, hur, farishta kabi epik qahramonlar nomlarini ifodalovchi metaforalar matnning obrazliligi, ifodaliligi, ta’sirchanligi, jozibadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganligi haqidagi xulosalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining “Ijodning sehrli olami” ko‘rsatuvi hamda “Assalom, Jizzax!” tonggi dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 23 avgustdagi 10-12/589-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarning xalq dostonlari tilida uchraydigan ko‘chma ma’noli birliklar va ular anglatgan ma’nolar haqidagi bilimlarining kengayiga olib kelgan;
doston matnidagi bosh uzvli frazeologik birliklarning “qattiq jazolamoq” “ruhiy ezilmoq”, “uyalmoq” singari, “quloq” uzvli frazeologik birliklarning “amal qilmoq”, “hech kimga ma’lum bo‘lmagan”, “gap uqmaydigan” singari inson ruhiy holati, ichki his-tuyg‘ulari va kechinmalarini ifodalovchi konnotativ ma’nolari to‘g‘risidagi xulosalardan Jizzax davlat pedagogika universitetida bajarilgan MUZ-2015- 725140051“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi loyihasida muhim manba sifatida foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 sentyabrdagi 04-804-son ma’lumotnomasi) Natijada loyihaning o‘zbek tilida eng ko‘p qo‘llanadigan iboralarni izohlash jarayoniga, frazeologik birliklarning uslubiy ma’nolarini ochib berishga va tavsiflashga xizmat qilgan.