Xudoyberdieva Sevara Xamzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek marketing terminologiyasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil26.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ranovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi marketing sohasiga oid terminlarning leksik-semantik guruhlari, paradigmatik munosabatlari va tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlash, xalqaro markotermin va terminelementlarning qatlamdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
marketing terminlarning tuzilishiga ko‘ra bir tarkibli, ikki, uch, to‘rt va besh tarkibli kabi turlari aniqlanib, ularning funksional-uslubiy xususiyatlari, marketing terminlar tizimida mikro, makro, geo, psixo, evro, agro, singari baynalmilal termin va terminelementlarning o‘rni asoslangan; 
o‘zbek tilidagi marketing terminologik maydonning shakllanish bosqichlari xronologik davriylik bilan asoslanib, o‘zbek tilidagi marketing terminlarining affiksatsiya va sintakatik usullar bilan yasalishi aniqlangan;
marketing terminlarining o‘zbek tilidagi leksik-semantik paradigmalari aniqlanib, marketing terminlari o‘rtasidagi sinonimik, giper-giponimik, partonimik, graduonimik va antonimik munosabatlar ochib berilgan;
o‘zbek tilida turli shakllarda qo‘llanilayotgan marketing terminlarini tartibga solish, chet tillardan kirib kelgan terminlarning turkiy tildagi muqobillari mavjud ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek marketing terminologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 o‘zbek marketing terminlarining tarixiy shakllanishi va rivojlanish manbalari, marketing sohasiga oid terminlarining tarixiy taraqqiyot bosqichlaridagi tadrijiy takomili, marketing terminlarining tuzilishga ko‘ra turlarini aniqlashda va ularning funksional-uslubiy xususiyatlariga baho berishga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-A1-018-raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” (2017-2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 11 apreldagi 15-647-son ma’lumotnomasi). Natijada  marketing terminlarining leksik-semantik paradigmalarini aniqlashda, terminlarning lingvostatistik xususiyatlarini izohlashda, terminlar o‘rtasidagi sinonimik, giper-giponimik, partonimik, groduonomik va antonimik munosabatlarni yoritishga xizmat qilgan; 
terminlarning o‘zbek tili ichki imkoniyatlari asosida rivojlanishini hamda affiksatsiya va sintaktik usul bilan yasalishini aniqlash, o‘zbek marketing terminologiyasining tashqi imkoniyatlar asosida rivojlanishi hamda rus va ingliz tilidan o‘zlashgan terminlarni o‘rganishga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan 1-OT-2019-42 raqamli  “O‘zbek va ingliz tillarining elektron poetik lug‘atini yaratish” (2019-2021) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 7 apreldagi 04/1-631-son ma’lumotnomasi). Natijada marketing terminlari o‘rtasidagi sinonimik, giper-giponimik, partonimik, graduonomik va antonimik munosabatlarni ochib berishga, marketing terminlari sistemasida xalqaro terminlar va terminelementlarning tutgan o‘rnini asoslashga asos bo‘lgan;
o‘rta Osiyoda savdo sotiqning rivojlanishi bilan bog‘liq jarayonlar va unda qo‘llangan terminlar etimologiyasi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 11 maydagi  “O‘zbekiston tarixi” telekanalning “Mavzu”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning  2022 yil 11 maydagi 06.28-467-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlarning mazmuni marketing terminlarining tarixiy ildizlariga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
bir asosli leksik birliklar semantikasidagi semalar asosida aloqadorlik namoyon bo‘lishi, “qap” asosli birliklar semantikasida  tilning to‘plash vazifasi bilan bog‘liq belgilarning ifodalanishiga oid  ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining A-OT-2019-10 raqamli Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish”- (2019-2022) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 10 sentyabrdagi 01/4-2502/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nomlarning harakat-holat semali lug‘aviy birliklardan shakllanish xususiyatlarini aniqlashda, onimlarning leksema sifatidagi semalar mundarijasini aniqlashda nazariy manba vazifasini o‘tagan;
o‘zbek tilshunosligida qadimiy yo‘nalish hisoblangan, zamon talablari asosida qayta takomillashayotgan semantika, uning vujudga kelish an’analari, paydo bo‘lish omillari, leksema semantikasidagi o‘zgarishlar haqidagi nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 7 maydagi 04/1-879-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p ming yillik  o‘zbek tili lug‘at boyligining shakllanish va rivojlanish bosqichlaridagi semantik aloqador leksemalarning semantik jarayonlarga ta’siri, ahamiyatini asoslashga xizmat qilgan;  
leksema, semema, sema tushunchalari, narsa-hodisa, harakat-holat, belgi-xususiyatni ifodalashda lisoniy ongdagi aloqadorlik, olamni anglash, idrok etishdagi umumiyliklar, leksema struktur-grammatikasidagi o‘zgarishlar, semantik kengayish, torayish haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022 yil 27 iyuldagi  06-28-646-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish