Xudaynazarov Olimjon Alinazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangilanayotgan O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlashning ma’naviy-axloqiy omillari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal157.
Ilmiy rahbar: Utamuradov Akbar Utamuradovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukaram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlashdagi ma’naviy-axloqiy omillarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot makonini tasodifiy, zararli, tashqi va ichki tahdidlardan himoyalashning jamiyat axloqiy qadriyatlari, gumanizm, vatanparvarlik an’analari, mamlakatning madaniy, ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda saqlash omili ekanligi asoslangan;
axborot xurujlarining jamoatchilik ongi va ma’naviyatiga ta’siri shaxsda introversiya, regressiya, virtual zo‘ravonlik hamda jamiyatda intellektual-madaniy pasayish, informatsion beqarorlik, jamoatchilik ongi manipulyasiyasiga olib kelishi va bu salbiy omillarning geterogen-deterministik aloqadorligi asoslangan;
axborot xavfsizligini ta’minlashda shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion axborot muhitining barqarorligi axborot ijtimoiy sub’ektlarida axborot etikasining yangi tamoyillari va huquqiy-axloqiy me’yorlarini ta’minlashga bog‘liq ekani ochib berilgan;
ochiq axborot tizimida milliy manfaatlar asosida, milliy ongning turli axborot ta’siridan himoyalash, “raqamli bo‘linish”ning oldini olish entropiya o‘lchovi va avto-assillatsiya prinsipiga ko‘ra jamiyatda axborot madaniyati, odob-axloqini rivojlantirish, siyosiy-huquqiy, ilmiy-texnik hamda tashkiliy jihatlarini takomillashtirishga bog‘liq ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlashdagi ma’naviy-axloqiy masalalarni o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:
axborot makonini tasodifiy, zararli, tashqi va ichki tahdidlardan himoyalashning jamiyat axloqiy qadriyatlari, gumanizm, vatanparvarlik an’analari, mamlakatning madaniy, ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda saqlash omili ekaniga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2022 yil 22 iyuldagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘mita faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlashning qonunchilik asoslari va ularning amaliy mexanizmlarini takomillashtirishda ma’naviy-ma’rifiy omillardan foydalanish borasidagi chora-tadbirlar dasturini samarali bajarishga erishilgan.
axborot xurujlarining jamoatchilik ongi va ma’naviyatiga ta’siri shaxsda introversiya, regressiya, virtual zo‘ravonlik hamda jamiyatda intellektual-madaniy pasayish, informatsion beqarorlik, jamoatchilik ongi manipulyasiyasiga olib kelishi va bu salbiy omillarning geterogen-deterministik aloqadorligiga doir ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga doir chora-tadbirlar dasturining IV bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari” 26-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 28 iyuldagi 02/02/2112-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlardan Markazning “Ma’naviy-axloqiy mezonlarga mos kelmaydigan, pornografik mazmundagi, zo‘ravonlikni targ‘ib qiladigan, yoshlar ongiga huquqbuzarlik, axloqsizlik kabi sifatlarni shakllantiradigan audio-videomahsulotlar, kompyuter o‘yinlarini respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilishi yoki internet tarmog‘i orqali olinib, ko‘paytirilishi kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan “Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid” shiori ostida reydlar tashkil qilish” borasida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida va targ‘ibot bukletlari, flaerlar nashr etishda unumli foydalanilgan.
axborot xavfsizligini ta’minlashda shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion axborot muhitining barqarorligi axborot ijtimoiy sub’ektlarida axborot etikasining yangi tamoyillari va huquqiy-axloqiy me’yorlarini ta’minlashga bog‘liq ekanligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Yoshlar Agentligining 2022 yilga mo‘ljallangan Ish rejasining III bob “Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish” yo‘nalishining 22, 23, 24-bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2022 yil 27 iyuldagi 4-13-23-2277-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik faoliyati doirasidagi “Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlar va bolalar huquqlarini mustahkamlash” hamda “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning muhim masalalari” mavzusidagi tadbirlar, yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot iste’mol madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha trening va debatlarni samarali tashkil qilishga xizmat qilgan.
ochiq axborot tizimida milliy manfaatlar asosida, milliy ongning turli axborot ta’siridan himoyalash, “raqamli bo‘linish”ning oldini olish entropiya o‘lchovi va avto-assillatsiya prinsipiga ko‘ra jamiyatda axborot madaniyati, odob-axloqini rivojlantirish, siyosiy-huquqiy, ilmiy-texnik hamda tashkiliy jihatlarini takomillashtirishga bog‘liq ekaniga doir natijalaridan vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari uchun chiqarilgan axborot soatlari materiallarida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil oktyabrdagi 89-05-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan axborot va ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirilgan.