Fayzullaev Erjan Ruslanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak qafasi yopiq jarohatlarida videotorakoskopik amaliyotlarning imkoniyatlari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib180.
Ilmiy rahbar: Karimov Shavkat Ibragimovich, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Emel`yanov Sergey Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.I.Djanelidze nomli Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tekshirish instituti davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: videotorakoskopik amaliyot usullarini takomillashtirish va optimal taktikani tanlash algoritmlarini ishlab chiqish yo‘li bilan ko‘krak qafasi yopiq jarohatlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak qafasi yopiq jarohati bilan bemorlarda ko‘krak qafasini ishonchli stabillashtirish imkonini beruvchi videotorakoskopik nazorat ostida qovurg‘alarning karkasligini tiklovchi usul takomillashtirilgan;
ko‘krak qafasi yopiq jarohatlari bilan bemorlarni davolash qoniqarsiz natijalari rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar aniqlangan hamda an’anaviy usullarning klinik-diagnostik samaradorligi verifikatsiya qilingan (plevra ichi asoratlarining murakkab va kech diagnostikasi, noadekvat korreksiya choralari, passiv xirurgik taktika);
ko‘krak qafasi yopiq jarohatlari bilan bemorlarda qovurg‘alar singanida videotrakoskopik uzoq muddatli qovurg‘alararo blokada yangi usuli taklif qilingan;
ko‘krak qafasi yopiq jarohatlari bilan bemorlarda plevra ichi asoratlarini davolash taktikasini tanlashning ishlab chiqilgan algoritmlari bilan birga videotorakoskopik amaliyot qo‘llanishining samaradorligi isbotlangan;
ko‘krak qafasi yopiq jarohatlari bilan bemorlarda videotorakoskopik amaliyot bilan davolash-diagnostik tadbirlar samaradorligini baholovchi va taxmin qilinayotgan yakunlovchi davolash turlari prognozini aniqlash imkonini beruvchi «Blunttrauma» dasturi ishlab chiqilgan;
ko‘krak qafasi yopiq jarohatlari yakka holda ham, politravma tarkibida kelganida ham bemorlar diagnostikasi va davolash algoritmi videotorakoskopik amaliyotni qo‘llashni nazarga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘krak yopiq jarohatlari bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘krak qafasi yopiq jarohatlari bilan bemorlarda qovurg‘alar karkasligini tiklash va videotorakoskopik nazorat ostida uzoq muddatli qovurg‘alararo blokadasi usullari, shuningdek, qo‘llangan davolash taktikasi samaradorligini baholash metodologiyasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan ishlanmalar turli plevra ichi asoratlari bo‘lgan ko‘krak qafasi jarohatlari bilan bemorlarni adekvat va samarali davolash va o‘z navbatida, davolanish muddatlari va o‘lim chastotasini qisqartirish imkonini bergan;
ko‘krak qafasi yopiq jarohatlari bilan bemorlar diagnostikasi va xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi II klinikasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali xirurgik bo‘limlari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Ko‘krak yopiq jarohatlari bilan bemorlarni davolashning taklif etilgan algoritmining qo‘llanishi maxsus asoratlar chastotasini 32,8% dan 12,5% gacha, o‘lim ko‘rsatkichini 3,8% dan 1,7% gacha kamaytirish, va umuman olganda, davolash samaradorligini 84,2% dan 90,4% gacha yaxshilash imkonini bergan.