Soatova Gulzoda Nurmamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalidagi adabiyot materiallari tadqiqi (1925-1929 yillardagi sonlari asosida)”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2021.
Ilmiy rahbar: Pardaev Qo‘ldosh Uzoqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Nodirxon Dadaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalidagi adabiy materiallarni aniqlash, chop etilgan adabiy va ilmiy asarlar matni ilmiy tahlilini amalga oshirish, jurnalning milliy adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalining (1925-1929) besh yil davomida nashr etilgan sonlaridagi nazmiy, nasriy asarlar, ilmiy, adabiy-tanqidiy maqolalar va tarjima asarlarga oid 307 ta adabiy materiallar bosilgani, shundan: 189 tasi she’riy (7tasi tarjima), 68 tasi nasriy (22 tasi tarjima), 11 tasi adabiy-tanqidiy (1 ta tarjima), 39 tasi ilmiy (2 ta tarjima) asarlar ekanligi ilk bor aniqlangan;
jurnaldagi she’riy asarlar matni tekshirilishi natijasida Cho‘lpon, Elbek, Mirtemir, Oybek, H.Olimjon, G‘ayratiy, Botu, Majidiy, Uyg‘un, Sh.Sulaymon, A.Alaviy kabi taniqli ijodkorlar, shuningdek, Bektosh, Gulbek, Botur, N.Rahimiy, Oydin, Oltoy singari shu paytgacha ijodi o‘rganilmagan shoirlarning turli mavzularda jami: 189ta (5454 misra) she’ri chop etilgani aniqlangan hamda ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan 92ta (1996 misra) she’r, jumladan, Elbekning “Sham”, Mirtemirning “Dengiz”, Botuning “Adabiyot”, A.Alaviyning “Karvon”, Oltoyning “Telefon”, Mirhodiyning “Mashina”, Nodi Mirzaning “Buloqlar” singari she’rlari ilk bor ilmiy istifodaga olib kirilgan;
“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalidagi nasriy asarlardan Elbekning “Qishloqqa sayohat”, “Kelgusining quyoshi”, “Yangi turmush izlovchi”, Mahmud Suboyning “Omonat” hikoyasi, Somoniyning “O‘zgarish” hikoyalari, Mahmud Subaev (Abuvaraja)ning “Shifoli suv” hikoyati, Ziyo Usmoniy tarjimasi-dagi imzosiz “Xun-chi-fu”, Uchqun tarjimasidagi A.Barbiyusning “Baxtsiz bir ko‘rinish”, Jo‘raboev tarjimasidagi Beltenevning “Qo‘rqinch dalasi” kabi 23 ta hikoyani ilk bora ilmiy istefodaga olib kirish orqali jurnalning adabiy manba bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
ijodkorlar she’rlarining grafik shakllantirilishi aniqlangan, mazkur she’rlarning joriy nashrlarda esa grafik shakllantirilish holati buzilgani, shoirning grafik shakllantirishdan ko‘zlagan ijodiy niyati amalga oshmay qolgani, she’rlarning jurnal nusxasi bilan joriy nashrlardagi qiyosi natijasida sarlavhalarning ham jiddiy o‘zgarishga uchragani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalidagi adabiyot materiallari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalidagi 307 ta adabiyot materiallarida bugungi kun adabiy til me’yorlarining saqlanish darajasi, xususan, Cho‘lpon, Elbek, Mirtemir, Oybek, Hamid Olimjon, G‘ayratiy, Botu, Majidiy, Uyg‘un, Shokir Sulaymon, Abdulla Alaviy, Bektosh, Gulbek, Botur, N.Rahimiy, Oydin, Oltoy, Bektosh kabi ijodkorlarning 189 ta she’rlaridagi hamda Elbekning “Qishloqqa sayohat”, “Kelgusining quyoshi”, “Yangi turmush izlovchi”, Mahmud Suboyning “Omonat” hikoyasi, Somoniyning “O‘zgarish”, Mahmud Subaev (Abuvaraja)ning “Shifoli suv” hikoyatlari kabi ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan nasriy asarlar matnidagi turkiy qatlamga oid bo‘lgan birliklarni aniqlash va ajratishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” (2019-2022) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 7 oktyabrdagi 04/1-2772-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodkorlar she’rlarining grafik shakllantirilishi, nazmiy, nasriy va tarjima asarlar matnidagi adabiy til me’yorlariga qay holatda amal qilganligi masalasiga doir tahliliy materiallar tayyorlashga xizmat qilgan;
“Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalidagi 189 ta she’riy, 68 ta nasriy (22 taci tarjima), 11 ta adabiy-tanqidiy, 39 ta ilmiy asarlarga oid adabiyot materiallarning matni tahlili natijasida XX asr boshlari ta’lim masalasiga oid materiallarni tayyorlash, mazkur asarlar ilmiy va badiiy qimmatining XX asr 20 yillardagi baholanishi va ularning ta’limga joriy etilishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2019-2022) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022 yil 7 oktyabrdagi 04/1-2771-son ma’lumotnomasi). Natijada, jurnaldagi Cho‘lpon, Elbek, Mirtemir, Oybek, Hamid Olimjon, G‘ayratiy, Botu, Majidiy, Uyg‘un, Shokir Sulaymon, A.Alaviy, Bektosh, Gulbek, Botur, N.Rahimiy, Oydin, Oltoy, Bektosh kabi ijodkorlar asarlari matni tahliliga oid materiallar o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishga asos bo‘lgan.