Po‘latov Sherdor Ne’matjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahatma Gandi dunyoqarashining falsafiy-konseptual tahlili», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal454.
Ilmiy rahbar: Po‘latova Dildor Akmalovna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchixra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xolmo‘minov Ja’far Muxammadievich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahatma Gandi falsafiy dunyoqarashini tahlili, falsafa tarixidagi ahamiyatini va zamonaviy falsafaning rivojlanishidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahatma Gandining jamiyatni vujudga kelish sabablari, ichki tuzilishi, urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy qadriyatlar, inson va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorliklar borasidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlari majmui kabi aspektlari madaniyatlararo muloqot, o‘zaro hamkorlik kontekstida zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi asoslab berilgan;
Mahatma Gandi tomonidan tinchlik, adolat, ezgulik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovchi komillik mezonlari tizimi (integratsiya, unifikatsiya, global dunyoni raqamlashtirish dinamikaisnining o‘sishi) globallashuv jarayonida yoshlarni buzg‘unchi va zo‘ravonlikka undovchi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan;
Mahatma Gandining “The Story of my Experiments with Truth” asaridagi mantiqiy-gnoseologik va konstruktiv-axloqiy qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi amaliy ahamiyatga egaligi “Kuch ishlatmaslik” (ahimsa), “Haqiqat – qat’iylikda” (satyagraha) tushunchalari vositasida ochib berilgan;
Mahatma Gandi “Hind Swaraj or Indian Home Rule” asarida ilgari surilgan “sat (haqiqat),chit (bilim), ananda(baxt)” konsepsiyasi ma’naviy “komil inson” va “farovon jamiyat” g‘oyasining genezisi ekanligi mantiqiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahatma Gandi dunyoqarashining falsafiy-konseptual tahlilining amaliy ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Mahatma Gandining jamiyatni vujudga kelish sabablari, ichki tuzilishi, urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy qadriyatlar, inson va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorliklar borasidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlari zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi kabi ilmiy yangiliklar, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Respublikamiz hududlaridagi buddizm obidalari turmarshrutlarining 3D modellarini yaratish” tadqiqoti doirasida amaliyotga joriy etilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022 yil 14 iyuldagi 04-04-01/1415-son ma’lumotnomasi). Natijada, Hindiston falsafiy tafakkurining ajralmas qismi bo‘lgan urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy qadriyatlar shakllanishi, keyingi davr taraqqiyotidagi rivoji, bunda Mahatma Gandi qarashlarining shakllanishiga doir bilimlar, ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Mahatma Gandi tomonidan tinchlik, adolat, ezgulik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovchi komillik mezonlari kabi g‘oyalari globallashuv jarayonida yoshlarni buzg‘unchi va zo‘ravonlikka undovchi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Mahatma Gandi falsafiy ta’limotida xalq diplomatiyasi” mavzusidagi seminarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining 2022 yil 6 iyundagi 357/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari globallashuv jarayonida insonlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilikka barham berish va murosa madaniyatini shakllantirish, shunindek istiqbolda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalar rivojiga xizmat qilgan;
Mahatma Gandining “The Story of my Experiments with Truth” asaridagi gnoseologik va axloqiy qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi asosiy o‘rni “Kuch ishlatmaslik” (ahimsa), “Haqiqat – qat’iylikda” (satyagraha) tushunchalari ilmiy-amaliy jihatdan qo‘llanilishi masalalari asoslab berilganligiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 iyuldagi 06-28-1094-son ma’lumotnomasi va Puna Naturpatiya milliy institutining 2021 yil 24 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning Mahatma Gandi ilmiy merosi, Kuch ishlatmaslik konsepsiyasi, uning zo‘ravonliksiz sivilizatsiya qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga doir ilmiy-tarixiy bilimlarni oshirishga xizmat qilgan;
Mahatma Gandi “Hind Swaraj or Indian Home Rule” asarida ilgari surgan “sat (haqiqat),chit (bilim), ananda(baxt)” konsepsiyasi “komil inson” va “farovon jamiyat” g‘oyasining genezisi kabi materiallar va tahlil natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 14 iyuldagi 02-02-1176-son ma’lumotnomasi va Hindiston Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining 2021 yil 21 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda dunyo miqyosida tinchlik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish, farovon jamiyat qurish, komil insonni tarbiyalashda Mahatma Gandining falsafiy ta’limoti va ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.