Mansurova Malika Asqarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Hozirgi o‘zbek nasrida jadid adiblari obrazining badiiy talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1338.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan  muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sattorova Gulnoz Yunusovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotshunosligida so‘nggi yillarda yaratilgan  jadid adiblari badiiy timsolining tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatiga muvofiqligi nasrning uch janri doirasida tekshirilib, ijodkor obrazining yaratilish tamoyillarini ochib berishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida yaratilgan jadid adiblaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lponlarning badiiy obrazi ilk bor nasrning uch janri misolida tekshirilib, jahon va o‘zbek adabiyotida mavjud bo‘lgan ijodkor obrazlari asosida shakllanganligi isbotlangan; 
jadid adiblarining hayoti va faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan hikoya va qissalarda tarixiy manbalarning o‘rni, jadid adiblari obrazlarining individual xususiyatlari va yozuvchilarning tarixiy voqelikni aks ettirishdagi yondashuvlari aniqlangan;  
tarixiy-biografik roman janrida jadid adiblari obrazini yaratish imkoniyatlarining kengligi, tarixiy shaxs obrazini yaratishda prototipning o‘rni Abdulhamid Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy obrazlari orqali ochib berilgan;  
jadid adiblari aks etgan romanlardagi poetik nutqning tarixiylikka asoslanganligi, mualliflarning jadid adiblari obrazini yaratishdagi uslubiy o‘ziga xosligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Hozirgi o‘zbek nasrida jadid adiblari obrazining badiiy talqini  masalasini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:  
jadid adabiyotining yorqin siymolaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lponlarning hozirgi o‘zbek nasridagi badiiy obrazlarini yaratishning ahamiyati, tarixiy shaxs obrazi va prototip masalasi bilan bog‘liq jihatlarga  doir ilmiy  xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT- F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 17 maydagi 04/1-942-son ma’lumotnomasi). Natijada nasrning uch janrida tarixiy ijodkor obrazini yaratish tamoyillari, tarixiy va badiiy haqiqatning asarlarda aks ettirilishi, bosh qahramon xarakterini yoritishda to‘qima obrazlarning o‘rni va ahamiyati xususidagi qarashlar bilan boyitilgan; 
o‘zbek adabiyotshunosligida jadid adiblari siymosining  badiiy adabiyotdagi tasviriga bag‘ishlangan asarlar, o‘zbek adabiyotida jadid adiblari obrazlari poetikasi o‘z taraqqiyotining yangi sifat bosqichiga ko‘tarilgani, ular poetikaga oid nazariy qarashlarni yangicha yondashuvlar bilan boyitishi, xususan, hikoya, qissa, roman nazariyasiga doir tadqiqotlar uchun asos sifatida xizmat qilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish,  matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi (2018-2020 yy.) amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02-2685-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek tili o‘zlashma so‘zlarining urg‘uli lug‘ati” da keltirilgan alliteratsiya, adabiy manba, badiiy detal`, badiiy obraz, hikoya, qissa, roman, germenevtika, tipologiya, lingvopoetika, poetik nutq, poetik mahorat, poetik tasvir, prototip, portret, dialog, replika, nasr, proza, poeziya, she’r, she’riyat kabi leksik birliklar izohi bilan boyitilgan;    
tarixiy-biografik asarlarda obraz yaratishdagi boy tajribalar va ijodiy yondashuvlar, jadid adiblarining badiiy obrazini yaratishda tarixiy manbalarning o‘rni va muallifning ularga bo‘lgan munosabati kabi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali  DM tarkibidagi   “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etiladigan “Taqdimot”,  “Mavzu” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 13 maydagi 02-06-626-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv materiallari hozirgi o‘zbek nasrida tarixiy ijodkor obrazini yaratish tamoyillari, tarixiy fakt va badiiy talqin, poetik nutq va uslubiy rang-baranglik, badiiy to‘qimaning tarixiy asarlardagi o‘rni va vazifasiga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan.      

Yangiliklarga obuna bo‘lish