Usmonov Inomjon Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qovun urug‘iga bosqichli elektrotexnologik ishlov berishning parametrlarini asoslash, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2907
Ilmiy rahbar: t.f.d., professor. A.Muxammadiev.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Isaqov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Olimjon Tursunboevich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qovun urug‘iga bosqichli elektrotexnologik ishlov berishning energetik parametrlarini asoslash orqali sifatli, biologik xossalari bir-biriga yaqin, laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligi yuqori bo‘lgan sara urug‘lik olishni ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
qovun urug‘larini elektr maydonida saralash uchun energiya va resurstejamkor elektr saralagich qurilmasi ishlab chiqilgan;
qovun urug‘larining elektr saralagich qurilmasining ish organi yuzasidan uzilish burchaklari va elektrodlarga beriladigan kuchlanishning qiymati ularning massasiga bog‘liq ravishda asoslangan;
qovun urug‘ini saralash, ultrabinafsha nur ta’sirida va elektr faollashtirilgan suvda namlash yo‘li bilan avjlantirish bosqichlarini o‘z ichiga olgan elektrotexnologiya ishlab chiqilgan;
qovun urug‘iga bosqichli elektrotexnologik ishlov berishning me’yoriy parametrlari ularning sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovun urug‘iga bosqichli elektrotexnologik ishlov berishning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qovun urug‘iga bosqichli elektrotexnologik ishlov beradigan qurilma va uskuna Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi №07/35-04/5410-son ma’lumotnomasi). Natijada qovun urug‘ining sarfi 1,8-2,0 martaga kamayib, nihollarni bir tekis va ravon unib chiqishi hamda tez rivojlanishi ta’minlangan;
qovun urug‘iga bosqichli elektrotexnologik ishlov beradigan qurilma va uskuna Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi №07/35-04/5410-son ma’lumotnomasi). Natijada xosil 10-12 kun erta pishib etilib, hosildorlik 12-18 foizga ko‘paygan;
qovun urug‘iga ishlov beradigan qurilma va uskunani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 9 avgustdagi №07/35-04/5410-son ma’lumotnomasi). Natijada qovun urug‘iga ishlov beradigan asoslangan parametrlarga ega qurilma va uskunalarni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.