Eshboev Abdulxakim Tulaganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qo‘shma jarohatlar bilan bemorlarda statsionargacha bo‘lgan bosqichda og‘riqsizlantirishning personal algoritmi», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD /Tib2337.
Ilmiy maslaxatchi: Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Ilmiy kengash raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Alimova Xilola Pulatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kasalxonadan oldingi bosqichda qo‘shma jarohati bo‘lgan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam natijalarini yaxshilashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tomonidan oxirgi 5-6 yil davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi shoshilinch va tez yordam xizmati islohotlardan oldin va keyingi davrlarda gospitalgacha bulgan bosqichda tez va samarali yordam ko‘rsatish hajmi va sifatini qiyosiy tahlil asosidagi ilmiy natijalari aniqlangan;
tez tibbiy yordam shifokorlarning so‘rovnomasida ishlatilshan savollar xarakteri qo‘shma jarohatlari bilan bemorlarda statsionargacha bo‘lgan bosqichda tez yordam sifati va hajmini ob’ektiv baxolashga yordam berdi va topilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga tashkiliy echimini shakllantirishi asoslangan;
qo‘shma shokogen jarohatlari bilan og‘ir kategoriya darajadagi bemorlarda statsionargacha bo‘lgan tez tibbiy yordam sifatiga va natijasiga salbiy ta’sir qiladigan omillar aniqlangan va statsionargacha bo‘lgan tez yordam sifatini oshirishi asoslangan;
qo‘shma jarohatlari bilan bemorlarda statsionargacha bo‘lgan bosqichda organizmning vital funksiyalarni inobatga olgan xolda, zamonaviy, informativ va qulay shkala qo‘llanilgan xolda yangicha yondashuv asosida ishlatiladigan shaxsiylashtirilgan og‘riqsizlantirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qo‘shma jarohatlari bilan bemorlarda statsionargacha bo‘lgan bosqichda og‘riqsizlantirishning personal algoritmini takomillashtirishga oid tekshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qo‘shma jarohatlarda patsientlarni kasalxonagcha bo‘lgan bosqichda og‘riqsizlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qo‘shma jarohatlarda patsientlarni kasalxonagcha bo‘lgan bosqichda og‘riqsizlantirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 8n-z/266-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada qo‘shma jarohatlarda patsientlarni gospitalizatsiya bosqichigacha og‘riqsizlantirish tartibi, patsientlarni olib borish taktikasi va bemorlarning hayotiy organlarining funksional holatini yaxshilash imkonini bergan;
qo‘shma jarohatlari bilan bemorlarda statsionargacha bo‘lgan bosqichda og‘riqsizlantirishning personal algoritmi takomillashtirishga oid tekshirishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxodaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari filiallarining tez tibbiy yordam stansiyalarining amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 avgustdagi 08-23216-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qo‘shma shokogen jarohati bilan kasallangan bemorlarga kasalxonaga yotqizish bosqichida tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tahlili qilish, tez tibbiy yordam shifokorlari amaliyotiga kiritish, og‘riqni qoldirish sifatini 50 % oshirish, og‘riq omilining darajasi va hayotiy holatini hisobga olgan holda og‘riqni qoldirish uchun dori-darmonlarni differensial tanlash va organizmning hayotiy faoliyatini hisobga olgan holda og‘riqni yo‘qotish imkonini yaratgan.