Ataniyazov Xurshid Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orol bo‘yi aholisida asoratlangan gipertoniya kasalligining o‘ziga xos kechishi va klinik-genetik tamoyillari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1888.
Ilmiy rahbar: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Tulabaeva Gavhar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: orol bo‘yi aholisida asoratlangan gipertoniya kasalligini o‘ziga xos klinik-genetik tamoyillarini aniqlash va antigipertenziv davolash rejalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Orol bo‘yi aholisi orasida gipertonik kriz bilan asoratlangan gipertoniklarda osh tuzi ta’miga sezuvchanlikning yuqori bo‘sag‘asi va natriyning siydik orqali kunlik ekskresiyasi sog‘lomlar bilan taqqoslaganda yuqoriligiga asoslanib, tuzga sezgir AG fenotipi aniqlangan;
osh tuzini me’yoriy cheklovi bilan birgalikda (≤5 g/sut, BJSST), ABni nazoratlash uchun davolash rejasiga diuretiklar qo‘shish zarur ekanligini asoslangan;
GKr bilan asoratlangan va AB nazoratlanmagan gipertonik bemorlarda gipertoniya oqibatida nishon-a’zolar shikastlanishining jadallashuvi, chap qorinchaning konsentrik gipertrofiyasi va nefroskleroz jarayoni prediktorlari mikroal`buminuriya va proteinuriyaning ishonchli ustuvorligi aniqlangan;
ilk bor Orol bo‘yi aholisida GKr bilan asoratlangan yuqori xavf AGning rivojlanishida molekulyar-genetik prediktorlarning ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orol bo‘yi aholisida asoratlangan gipertoniya kasalligining o‘ziga xos kechishi va klinik-genetik tamoyillari ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
gipertoniya kasalliging krizli kechishi bilan kasallangan bemorlarda kasallikni samarali davolash usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Orol bo‘yi aholisida gipertonik krizlarni urapidil bilan davolashning klinik-gemodinamik samaradorligi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 noyabrdagi 8N-R/1155 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Orol bo‘yi aholisida gipertoniya kasalligini krizli kechishi bilan kasallangan bemorlarni samarali, nojo‘ya ta’sir va asorat bermasdan davolash imkonini bergan.
orol bo‘yi aholisida gipertonik krizlarni urapidil bilan davolashning klinik-gemodinamik samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 8n-z/166 son ma’lumotnomasi) va Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 apreldagi 8n-z/166 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilishi natijasida ushbu hudud aholisida gipertonik krizlarni o‘z vaqtida samarali davolab, kasallikni asoratsiz kechishishi imkonini bergan.