Kenjaev Sirojiddin Rashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarktini klinik kechishi, remodellanish, bashoratlashda miokard stanningining ahamiyati va patogenetik terapiya imkoniyatlari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib555.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdugaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rozixodjaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori; Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: ST elevatsiyali MIda miokard stanningi holatini aniqlash, hamda uning kasallik klinik kechishidagi, remodellanish dezadaptiv turini bashoratlashdagi ahamiyatini o‘rganish va  patogenetik davolash usullarini takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor STeMIda reperfuziya samarasiga qarab, miokardial stanning holati baholangan, hamda ChQ global va regionar, bo‘ylama sistolik, diastolik funksiya, remodellanish, mitral regurgitatsiya ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali ular orasida bevosita bog‘liqlik isbotlangan; 
miokardial stanning tashxisoti uchun miokard infarktida dobutaminli stress-ExoKGning qisqa protokoli (20 mkg/kg/mingacha) qo‘llanilgan va uning remodellanish turini oldindan erta bashoratlashda muhimligi va asoratlarsiz o‘tkazilgani sababli xavfsizligi isbotlangan; 
ilk bor, tadqiqotda exokardiografik ko‘rsatkichlar orasidan dastlabki RQBI>1,57, KDD stress-ExoKGda RQBI>1,25, KDD stress-ExoKGda ChQ HF<42% kabilar STeMIda salbiy remodellanishni muhim bashorat qiluvchi omillar ekanligi isbotlangan; 
ilk bor, STeMIda miokardial stanning va 3 oydan keyingi remodellanish jarayonlariga turli reperfuziya usullari, hamda kompleks terapiyaga yuqori dozada atorvastatin yoki kversetinni qo‘shilishi va ishemik prekondisionirlanishning kardioprotektiv ta’siri isbotlangan; 
kichik dozadagi dobutaminli stress-ExoKGda stanning zonalari aniqlanmaganlarda 3 oy ichiga ODH ning 18% gacha, OSH 27%gacha sezilarli darajada oshishi, ya’ni salbiy remodellanish belgilari va kasallik klinik belgilari og‘ir sistolik disfunksiya sababli zo‘rayishi kuzatilganligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir miokard infarktida miokardial stanning tashhisini zamonaviy holati va uning klinik, prognostik o‘rni bo‘yicha tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
o‘tkir miokard infarktida miokardial stanning tashhisini zamonaviy holati va uning klinik, prognostik o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Shoshilinch kardiologiya amaliyotida miokardial stanningni tashxisoti va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1254 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma miokardial stanning erta tashxisotini va davolashni takomillashtirish, miokard infarkti hayot uchun xavfli asoratlarini kamaytirish imkonini bergan; 
o‘tkir miokard infarktida miokardial stanning tashhisini zamonaviy holati va uning klinik, prognostik o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir miokard infarktida miokardial stanning tashxisoti va bashoratlashda dobutaminli stress-exokardiografiyaning o‘rni» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 martdagi 8n-r/288-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada miokardial stanning tashxislashda stress-exokardiografiyaning o‘rni, uning kasallikning klinik kechishidagi, salbiy remodellanishni bashoratlashdagi ahamiyati, davolash yo‘llari keltirilgan va kasallik asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
o‘tkir miokard infarktida miokardial stanning tashhisini zamonaviy holati va uning klinik, prognostik o‘rni bo‘yicha va davolash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro, Namangan va Fargona filiallari klinik amaliyotida joriy qilingan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 8n-d/184-son ma’lumotnomasi); Olingan natijalar o‘tkir miokard infarkti asoratlari rivojlanishini erta tashxislash, kasallik klinik kechishini prognozlash, davolashni optimallashtirish va asoratlar miqdorini pasayishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish