Muxammadieva Dilrabo Akromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat oqova suvlarini elektrokimyoviy usulda xromat ionlaridan tozalash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3013.
Ilmiy rahbar: Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Payg‘amov Raximjon Abduqayumovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta zaharli xromat ionlari tutgan oqova suvlarni elektrokoagulyasiya usulida qayta ishlab, tozalash va metal birikmalarini ajratib olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xromat ionlari tutgan sanoat chiqindi suvlarini elektrokimyoviy usulda tozalashda jarayonga 0,02 % miqdorda etilenglikol` qo‘shish natijasida xromat ionlari etilenglikol bilan nisbatan kuchsiz bog‘langan akvakomplekslar hosil qilib, bu birikmalarda xrom ionlarining qaytarilish darajasi ortib, samaradorlik oshishi va tok bo‘yicha unumdorlik 26,3 % gacha ko‘tarilishi isbotlangan;
sanoat texnik va chiqindi suvlarini elektrokimyoviy usulda tozalashda elektrolitning elektr o‘tkazuvchanligini oshirish uchun jarayonga 0,05 % miqdorda NaCl qo‘shilganda temir elektrodning erishi, shuningdek Fe2+ ionlarining hosil bo‘lishi tezlashishi va oqova suvlarning elektrodlar ta’sirida bo‘lish vaqti 8-10 sekunddan 6-7 ga kamayishi aniqlangan;
konsentratsiyasi 10-90 mg/l bo‘lgan sanoat oqova suvlari elektrokoagulyator orqali o‘tganda  elektrodlar yuzasi 2 dm2,  suv sarfi 12 l/soat, tok zichligi 1,8-2 A/dm2 bo‘lganda +150 ÷ +350S  harorat oralig‘ida elektrokoagulyasiya jarayoni samarali borishi va oqova suvlarni o‘rnatilgan talablargacha tozalash imkoniyati asoslangan; 
sanoat oqova suvlarini ko‘p atomli spirtlar ishtirokida elektrokimyoviy usulda tozalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Chiqindi xromat eritmalar va oqova suvlarni qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xromat ionlari tutgan sanoat oqova suvlarini elektrokimyoviy usulda qayta ishlab xrom (III) oksidi ajratib olish texnologiyasi «ART GLOSS GALLERY»  MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan («ART GLOSS GALLERY»  MChJ QKning  2022 yil 7 iyundagi 07/VI.2022-5-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlaridan xromat ionlarini elektrokimyoviy usulda qaytarib, xrom (III) oksidi  ko‘rinishida ajratib olish, shu bilan zaharli sanoat oqova suvlarini aylanma suv uchun o‘rnatilgan talablarga javob beradigan  darajagacha tozalash imkonini bergan;  
xromat ionlari tutgan sanoat oqova suvlaridan ajratib olingan xrom (III) oksidi  asosida olingan xrom pigmenti keramik plitkalar uchun rangli glazurlar tayyorlash texnologiyasi «ART GLOSS GALLERY» MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan («ART GLOSS GALLERY»  MChJ QKning  2022 yil 7 iyundagi 07/VI.2022-5-son ma’lumotnomasi). Natijada, rangli glazurlar tayyorlash uchun chetdan keltiriladigan xrom pigmentining o‘rniga sanoat oqova suvlaridan ajratib olingan pigmentni qo‘llash va valyuta zahiralarini tejash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish