Misirov Shuhrat Xudoyqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Brokkoli karami (Brassica oleraceae var. italica) duragaylarini agrobiologik xususiyatlarini va saqlash texnologiyasini ilmiy asoslash”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx588.
Ilmiy rahbar: Sharipov Sulton Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi brokkoli karamini eksportbop duragay namunalarining agrobiologik xususiyatlarini tadqiq qilish va saqlash texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor markaziy mintaqa tuproq-iqlimi sharoitida brokkoli karami duragay namunalarining agrobiologik xususiyatlarini tadqiq qilish asosida markaziy boshchalari bo‘yicha yuqori hosildor Agassi F1 – 26,8 t/ga, Parthenon F1 – 25,8 t/ga va Naxos F1 – 24,4 t/ga duragaylari tanlab olingan;
brokkolini karami duragay namunalarining texnologik xossalarini tadqiq etish asosida NaxosF1 FiestaF1 va AgassiF1 duragaylarining yuqori darajada saqlanuvchanligi (60 kun o‘zgarishlarsiz) aniqlangan;
saqlashda brokkoli karamining tovarboplik va iste’molboplik xususiyatlarini uzoq saqlanishini (60 kungacha) ta’minlovchi maqbul saqlash tartibi va muddati (harorat 1°S, havoning nisbiy namligi 92%) asoslangan;
brokkoli karamini havoning 1°S harorati va 92% nisbiy namligida saqlanganda Agassi F1 va Naxos F1 duragaylarining organoleptik xususiyatlari eng yuqori darajada saqlanishi va mos ravishda 93,6 va 96,9 ball bilan baholanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Brokkoli duragaylarini agrotexnologik xususiyatlarini mahsulot saqlanuvchanligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Brokkolini etishtirish, saqlash va undan turli mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi № 02/035-3848 - sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sabzavotchilikka ixtisoslashgan klasterlar, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun brokkolidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda tayanch qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
brokkoli duragaylaridan yuqori hosil etishtirish va uning saqlanuvchan nav namunalarini tanlash ishlanmasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi «ORIENT WIND» MChJda – 30 ga, Qibray tumanidagi «Nodirov Muzafar» fermer xo‘jaligida -3,5 ga va shu tumanning «Abduqodir Abduvahob Fayz» fermer xo‘jaligida - 2,5 ga, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Uz agro lider» MChJda - 15 ga, «Imkon» fermer xo‘jaligida – 3,0 ga va «Shohimardon madadkori» fermer xo‘jaligida – 3,5 ga jami 57,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi № 02/035-3848 - sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida Fiesta F1, Agassi F1 va Naxos F1 duragaylaridan o‘rtacha gektaridan 25,3 tonna hosil olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik 2-3 marta oshgan holda gektaridan o‘rtacha 88 mln. 333 ming so‘m foyda olishga erishilgan;
brokkoli karamini maqbul saqlash tartibi ishlanmasi (1℃ harorat 92% nisbiy namlikda va oziq-ovqat plyonkasiga o‘rab saqlanganda) Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi «ORIENT WIND» MChJ da 10 tonna va Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Uz agro lider» MChJ 20 tonna miqdorida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi № 02/035-3848 - sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida brokkoli karamini saqlab, mavsumdan tashqari muddatlarda realizatsiya qilish hisobiga qo‘shimcha daromad va samaradorlik 2 barobariga oshishiga olib kelgan. Olingan iqtisodiy daromad 225 000 000 ming so‘m va iqtisodiy samaradorlik 137 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish