Tashbaeva Hulkaroy Xolmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan erlarning miqdoriy hisobini yuritish uslubini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx645.
Ilmiy rahbar: Turaev Ruxidin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sadulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Namozov Normamat Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi erlarining miqdoriy hisobini yuritishni zamonaviy usullar yordamida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er tuzishni loyihalash ishlarida sug‘oriladigan erlarning maydonini hisoblashda mexanik (primitiv) va grafik o‘lchash usullariga nisbatan analitik usulning afzalligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi elektron raqamli xaritalarini yaratish jarayonida QGIS dasturiy ta’minotidan foydalanish afzalligi asoslangan;
erdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn taqdim etadigan mexanizm ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan erlar haqidagi axborotlardan offlayn foydalanish imkonini beradigan mexanizm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan erlarning miqdoriy hisobini yuritish uslubini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
sun’iy yo‘ldosh to‘lqin uzunliklarini inobatga olib GPS qurilmasida qishloq xo‘jaligi erlari hisobini yuritish usuli Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va G‘uzor tumani bo‘limiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 06 iyuldagi 04/30-04/4499-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar erning miqdoriy ko‘rsatkichlarini oson va tezroq o‘lchash imkonini bergan;
geografik axborot tizimlari asosida elektron raqamli xaritalarni yaratish mexanizmi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va G‘uzor tumani bo‘limiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 06 iyuldagi 04/30-04/4499-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan erlarning elektron raqamli xaritalarini yaratish orqali er kadastrini yuqori aniqlikda yuritish imkonini bergan;
erdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi axborotlar onlayn va oflayn rejimida ishlovchi ma’lumotlar bazasining veb platformasi hamda qishloq xo‘jaligi er maydonlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari hisobini yuritish bo‘yicha mobil ilovasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va G‘uzor tumani bo‘limiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 06 iyuldagi 04/30-04/4499-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan er turlarining miqdoriy hisobini yuritish va QR-code tizimi asosida erdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.