Ibroximov Saidmuxammad Saidkamol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash usullarini takomillashtirish (Andijon viloyati misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx470.
Ilmiy rahbar: Xayitov Xolmurod Jamardovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: R.Qurvantoev, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sh.K.Narbaev, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Geografik axborot texnologiyalari va uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish orqali sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish usullarini takomillashtirish hamda ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «Yer Axborot Tizimi» portalini takomillashtirish asosida *style formatda erdan foydalanuvchilarning 20 xil turlari bo‘yicha elektron raqamli klassifikatori yaratilgan;
innovatsion texnologiyalar asosida sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish va er munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi erlari yo‘qlama rejasi > uchuvchisiz uchish qurilmalari ma’lumotlari > ArcGIS dasturi > «R-GIS» portali mexanizmi asosida qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish usuli takomillashtirilgan;
an’anaviy usulga nisbatan uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan erlarini yo‘qlamadan o‘tkazishning samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan, vaqt sarfi va harajatlar miqdori 16-18 barobarga arzon tushishi isbotlangan;
innovatsion texnologiyalar asosida aniqlangan ortiqcha sug‘oriladigan er maydonlarda turli xil qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga qaratilgan er tuzish loyihalarini ishlab chiqishga, qo‘shimcha er solig‘i tushumlarini tushirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
GAT dasturlarida qishloq xo‘jaligidan foydalanuvchilar ma’lumotlar bazasini shakllantirish asosida «Yer Axborot Tizimi» portali takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 04/30-04/4498 ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar bazasidagi erdan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlardan ochiq foydalanish imkonini bergan.
GAT dasturlari yordamida sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish usullari takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 04/30-04/4498 ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyati Bo‘ston tumanida 127,16 gektar ortiqcha sug‘oriladigan er maydonlari aniqlangan va ushbu maydonlarda 2020 yilda 34,9 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha er solig‘i tushumlarini tushirishga, 10 ta er tuzish loyihalarini ishlab chiqishga, 47 nafar qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga va turli xil qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta, g‘alla, kartoshka, moyli ekin, poliz ekini va sabzavot ekinlari)ni joylashtirishga erishilgan;
takomillashtirilgan yo‘qlama o‘tkazish usuli asosida Andijon viloyati Marhamat tumanidagi «Marhamat tekstil agro» MChJ va Shahrixon tumanidagi «Saxovat teks ziroat» MChJ hududida jami 4 766 gektar qishloq xo‘jaligi erlarining 1:10 000 masshtabli elektron raqamli xaritasi tuzilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 04/30-04/4498 ma’lumotnomasi, va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligining Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2022 yil 4 iyuldagi 01/17-856-sonli dalolatnomasi). Natijada, 4 766 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi ekin turlari (paxta, g‘alla, kartoshka, moyli ekin, poliz ekini va sabzavot ekinlari)ni maqbul joylashtirish usulida er tuzish loyihalari ishlab chiqilgan.
sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish asosida qishloq xo‘jaligi er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish maqsadida «R-GIS» nomli onlayn platformasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 04/30-04/4498 ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligining Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2022 yil 4 iyuldagi 01/17-856-sonli dalolatnomasi). Natijada, ushbu «R-GIS» dasturi Qishloq xo‘jaligi vazirligi «Yer Axborot Tizimi» portalini takomillashtirish imkonini bergan.
masofadan zondlash ma’lumotlari asosida sug‘oriladigan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazishni hamda er munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 04/30-04/4498 ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarni yo‘qlamada o‘tkazishda, er munosabatlarini tartibga solish jarayonida hamda qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.