Burxonova Gulrux Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Majburiy ijro tizimi boshqaruv faoliyatini huquqiy ta’minlash masalalari: qiyosiy-huquqiy tahlil”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu434.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Davlyatov Valisher Xakimjanovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi majburiy ijro tizimi boshqaruv faoliyatini ta’minlash masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
majburiy ijro tizimida avtomatlashtirilgan boshqaruv yordamida ijro ishi yuritish taraflarining ijro hujjatidagi ma’lumotlarni olishda elektron pochtaga yoxud mobil` telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuborilishi zarurligi, bu bilan fuqarolarning huquqlariga belgilangan protsessual muddatlarda rioya etilishi isbotlangan;
majburiy ijro tizimi boshqaruv sub’ektlariga davlat ijrochilarning ijro harakatlarini muntazam kuzatib borishi hamda majburiy ijro tizimi xodimlari faoliyatini samarali tashkil etishda avtomatlashirilgan boshqaruv orqali keng foydalanish imkoni joriy etish hamda Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilishi zarurligi asoslantirilgan;
majburiy ijro tizimining avtomatlashtirilgan boshqaruvi orqali ayrim toifadagi ijro hujjatlari uchun soddalashtirilgan tartibda ijro ishi yuritish qoidalarni belgilash zarurligi asoslantirilgan;
majburiy ijro organlari o‘z faoliyatini markazlashganlik tamoyiliga muvofiq quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga bo‘ysunishi va hisobdorligi asosida amalga oshirilishi, shuningdek xodimlarga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari xulosalarining, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligi hamda xodimlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy choralarning qonuniyligini o‘rganish Bosh prokuratura boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil` telefonining raqami mavjud bo‘lgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan bo‘lsa), ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi bildirishnoma uning jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuborilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 221-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 9 avgustdagi 24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi undiruvchining yoki qarzdorning ijro hujjatidagi ma’lumotlarni olinishida hamda majburiy ijro harakatlari haqidagi ma’lumotlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishlari uchun xizmat qilgan;
Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi, shuningdek, ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanishi, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritilishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 891-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 9 avgustdagi 24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
ayrim toifadagi ijro hujjatlarini soddalashtirilgan tartibida ijro etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 891-moddasini Qonunining “Ijro hujjatlarini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan 31-bobida ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 23 apreldagi 11-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ayrim toifadagi ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv yordamida soddalashtirilgan tartibda ijro etish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
Majburiy ijro byurosi organlarining quyi turuvchi rahbarlarining yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek, Bosh prokurorga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatishi, Byuro xodimlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning asosligiligi hamda xodimlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy choralar qonuniyligini o‘rganishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2015 yil 28 dekabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 128-sonli buyrug‘ining 62-bandi uchinchi xatboshisiga o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 16 avgustdagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi prokurorlar tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etilishidagi prokuror nazoratini to‘g‘ri tashkil qilinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish